07:47 / 30.10.2022
2 189

Nevrolog xavfli miya kasalligi alomatlarini aytdi

Nevrolog xavfli miya kasalligi alomatlarini aytdi
Jorjtaun universiteti tibbiyot markazining nevrologiya biokimyosi professori Jeyms Jordano xavfli miya kasalligini belgisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan alomatlarni sanab o‘tdi.

Masalan, meningit (miya va orqa miya pardalarining yuqumli yallig‘lanishi) yoki zamburug‘ infeksiyalari. Bunday kasalliklar koma holatiga yoki o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Xotira va nutq bilan bog‘liq muammolar ham shunday alomatlardan biri. Bu turli infeksion kasalliklar tufayli rivojlanayotgan demensiyaning alomatlari hisoblanadi. Odatiy alomatlarga kuchli bosh og‘rig‘i kiradi. Agar unda og‘riq qoldiruvchi dorilar, uyqu yordam bermasa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilgan ma’qul.

Qolaversa, bemor so‘zlarni anglashda ham qiyinchiliklarni his qilishi mumkin. Bu miyaning kognitiv funksiyalarining buzilishidan dalolat.

Miya infeksiyalari odatda kognitiv va vosita qobiliyatlari, shuningdek, hissiy va xulq-atvor funksiyalari qisqa muddatli buzilishiga olib keladi”, - deydi shifokor.

Asab tizimiga tarqalgan virusli yoki bakterial infeksiyalar tutqanoqni keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘pincha ularga bosh og‘rig‘i, isitma qo‘shiladi. Nevrologning so‘zlariga ko‘ra, infeksiyadan kelib chiqqan tutilishlar ko‘pincha to‘satdan paydo bo‘ladi.

Yana bir alomatlardan biri bu kayfiyat va xulq-atvorning keskin o‘zgarishidir. Shuningdek, bu holatda odam gallyutsinatsiyalardan qiynalishi yoki depressiyaga (tushkunlikka) tushishi mumkin.

Bunday vaziyatlarda zudlik bilan tekshiruvdan o‘tish va davolanishni boshlash shart.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Nevrolog xavfli miya kasalligi alomatlarini aytdi