Qonda gemoglobin darajasining pasayishi oqibatida surunkali charchoq, tez-tez shamollash, umumiy zaiflik kuzatilishi mumkin. Marie Claire nashri noxush alomatlar va keraksiz kasalliklardan qanday qochish kerakligini ma’lum qildi.
Gemoglobin nima? Bu eritrotsitlarda (qizil qon tanachalari qonning ajralmas qismidir) mavjud bo‘lgan oqsil, uning tarkibida 80 foizgacha temir bor. Gemoglobinning asosiy vazifasi kislorod molekulalarini bog‘lash va tashishdir. To‘liq ishlashi uchun qon oqimi bilan kislorod organizmning barcha to‘qimalarining hujayralariga yetkaziladi.
Gemoglobin darajasining pasayish belgilari
Yaqinlashib kelayotgan kasallikning belgilarini oddiy charchoq bilan osonlikcha adashtirish mumkin. Ko‘p ishlash, hayotning shiddatli sur’ati, bularning barchasi, afsuski, organizmga hech qanday foyda keltirmaydi. Biroq organizmni tinglash kerak: ehtimol, yengil bezovtalik nojo‘ya ta’sir emas, balki qondagi gemoglobinning keskin pasayishining aniq belgisidir.
Gemoglobin pasayishining belgisi doimiy charchoq bo‘lishi mumkin. Uni bartaraf etishga uzoq uyqu ham, dam olish ham yordam bermaydi. Bundan tashqari, uyg‘onish vaqti keskin qisqaradi, kunning ko‘p qismi uxlash bilan kurashiladi, ishda, jamoat transportida yoki hatto ko‘chada hushidan ketish xavfi paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, doimiy bosh og‘rig‘i ham simptomga aylanishi mumkin. Tabletkalar bu vaqtga kelib, yordam bermaydi va migren bartaraf etilmaydi, bu holda umumiy holatga e’tibor berish kerak. Bosh og‘rig‘i va zaiflikning sababi, o‘z navbatida, qon bosimining pasayishi va shunga mos ravishda, boshqa alomatlardan tashqari, qo‘l va oyoqlar ham doimo muzlashi mumkin.
Boshqa narsalar qatorida, terining rangiga e’tibor berish kerak. Bug‘doy rang insonlar terisi ham sarg‘ayishi mumkin.
Gemoglobin pastligining yana bir alomati quruq teri, tirnoqlarning zaiflashuvi va ko‘chishi.
Gemoglobin darajasining pasayish sabablari
Gemoglobin miqdorining keskin pasayishida birinchi va asosiy sabab ko‘p qon yo‘qotish bo‘lishi mumkin. Bu qon tomir distoni borligi natijasida burundan tez-tez qon ketishi bilan sodir bo‘ladi. Xuddi shu narsa hayz paytida va uzoq muddatli og‘ir qon ketishida ham yuz beradi. Ikkinchi holatda, biron bir chora ko‘rishdan oldin ginekologdan yordam so‘rash kerak.
Shamollash yoki gripp kabi kasalliklarda ham gemoglobin pasayadi. Biroq tuzalgandan so‘ng organizm tezda o‘z holiga qaytadi. Shuningdek, surunkali kasalliklarda organizmdagi temir qayta taqsimlanadi. Masalan, keksa odamlarda kuzatiladigan buyrak, o‘pka, jigar kasalliklari tufayli anemiya rivojlanadi.
Shuningdek, gemoglobinning pasayishi sabablaridan biri turli xil parhez va cheklovlari bo‘lishi mumkin. Bu noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq. Shuning uchun ratsionni tuzishda ehtiyot bo‘lish kerak.
Shuni unutmangki, eng kam uchraydigan mavjud sabablar asabiy zo‘riqish va doimiy stress bo‘lishi ham mumkin.
Gemoglobinni qanday oshirish mumkin?
Albatta, temir moddasi yordamida. Kerakli moddaning asosiy tashuvchilari qo‘shimcha mahsulotlardir: jigar, buyrak yoki til. Shuningdek, ratsioniga grechka, no‘xat, loviya, ko‘k, shokolad va qo‘ziqorinlarni kiritish tavsiya etiladi. Ushbu mahsulotlar yuqori temir tarkibiga ega.
Bundan tashqari, quyon, qo‘zichoq, mol, ot go‘shti tarkibida ham yuqori miqdorda temir moddasi mavjud.
Qolaversa, don mahsulotlarida temir ulushi go‘sht mahsulotlariga qaraganda ancha past bo‘lishiga qaramay ratsionga kiritilishi kerak.
Afsuski, ko‘rilgan choralar yetarli bo‘lmasligi mumkin. Chunki ratsionni nafaqat yangi mahsulotlarni qo‘shish, balki zararlilarini, xususan, temirning so‘rilishiga xalaqit beradigan, kalsiy miqdori yuqori bo‘lganlarni yo‘q qilish orqali ham o‘zgartirish kerak. Hech bo‘lmaganda bir muddat sut va turli sut mahsulotlaridan voz kechish tavsiya etiladi. Xuddi shu narsa choy va qahva uchun ham amal qiladi.
Bundan tashqari, non, makaron va boshqa un mahsulotlarini ham biroz cheklash kerak bo‘ladi. Gap shundaki, bug‘doy va boshqa shunga o‘xshash mahsulotlar organizmdagi temirning so‘rilishiga xalaqit beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?