08:02 / 18.01.2023
187

Mutaxassis: Qishda yuqumlik kasalliklar nima sababdan avj oladi?

Mutaxassis: Qishda yuqumlik kasalliklar nima sababdan avj oladi?
Mutaxassislar qishda mavsumiy kasalliklar avj olishini immunitet zaiflashuvi bilan izohlaydi. Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Botir Tojiyev bu bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, viruslar sovuq va quruq havoda faollashadi. To‘g‘ri, qish fasli atmosferada namlik nisbatan yuqori bo‘ladi. Biroq xonalar isitilishi sababli havo quruqlashadi. Bu esa infeksiyalarning avj olishi uchun qulay muhit.

Patogenlar toza havoni yoqtirmaydi. Ammo sovuq kunlarda eshik va derazalar zich yopilib, xonalar havosi tez-tez almashtirilmaydi. Odamlar asosiy vaqtini issiq sharoitda, bir necha kishi yoki ko‘pchilik bir joyda jamlanib o‘tkazadi. Viruslar esa yopiq bino-inshootlar, aholi gavjum joylarda tezroq tarqaladi.

D vitamini — immunitet tizimining me’yoriy ishlashi uchun muhim element. Tanamiz bu moddani mustaqil ishlab chiqara oladi. Faqat buning uchun ultrabinafsha nuri zarur. Qish faslida quyoshli kunlar kam bo‘lishi bois organizmning bu darmondoriga ehtiyoji ortadi. Sovuq harorat yuqori nafas yo‘llaridagi tug‘ma immunitet hujayralari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida, quruq havo infeksiyalar uchun to‘siq bo‘lgan shilliq qavatlar xususiyatlarini o‘zgartiradi.

Yangi uzilgan sarxil meva-sabzavotlar — vitaminlarning tabiiy manbai. Qishda bunday mahsulotlarni topib iste’mol qilish qiyin. Bu ham immunitetni zaiflashtiruvchi yana bir omil. Kamharakatlik ham organizmning kasalliklarga kurashish qobiliyatini susaytiradi. Oqibatda shamollash va grippga chalinish ehtimoli oshadi. Qish mavsumida ko‘pchilik asosiy vaqtini yopiq muhitda o‘tkazishi tufayli jismoniy faollikdan cheklanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Mutaxassis: Qishda yuqumlik kasalliklar nima sababdan avj oladi?