Mutaxassisning aytishicha, nonushta vaqti iste’mol qilinadigan ba’zi turdagi mahsulotlar oshqozon osti beziga og‘irlik qilishi va yurak-qon tomir tizimiga zarar keltirishi mumkin.
Ko‘pchilik nonushtada iste’mol qilishga odatlangan buterbrod yoki sariyog‘li, pishloqli non salomatlik uchun zararli bo‘lishi mumkin.
Gastroenterolog Sergey Vyalovning so‘zlariga ko‘ra, bunday nonushta oshqozon osti beziga og‘irlik yuklab, pankreatitga olib kelishi mumkin. Chunki yog‘li mahsulot yoki yog‘li ovqat oshqozon osti bezida safro oqimini keltirib chiqaradi.
Bundan tashqari, nonushtada muntazam buterbrod iste’mol qilish yurak-qon tomir tizimi uchun xavfli. Hayvon yog‘lari qonda xolesterin va triglitseridlar miqdorini oshiradi. Bu aterosklerozning tez rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
“Ateroskleroz toshmalar yurakka qon oqimini to‘sib qo‘yadi. Oqibatda yurak kasalliklari-stenokardiya va infarktga chalinish mumkin”, - deydi shifokor.
Ta’kidlanishicha, buterbrodni umuman iste’moldan chiqarish shart emas. Muvozanatlashtirilgan ratsionda hayvon yog‘lari, o‘simlik yog‘lari va mahsulotlari ham birdek bo‘lishi zarur. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?