18:18 / 19.02.2023
668

Bemorlikni chaqiruvchi so‘zlarni bilasizmi?

Bemorlikni chaqiruvchi so‘zlarni bilasizmi?
Nemis psixoterapevti (kelib chiqishi eronlik bo‘lgan) Nusrat Pezeshkian birinchilardan bo‘lib, aynan qanday so‘zlar insonda kasallikni keltirib chiqarishini isbotlab bergan.

Insonning o‘z ichki ruhiy ahvolidan kelib chiqib aytadigan so‘zlari o‘zining salomatligiga singib borar ekan. Inson fiziologik organlari ishiga bevosita ta’sir qiluvchi so‘zlar — organik nutq ham deb ataladi. Qanchalik baquvvat bo‘lmang, o‘zingizga aytilgan quyidagi so‘zlar salomatligingizga putur yetkazadi.

Ba’zi paytlarda ma’lum qiyinchiliklar ichiga kirib borib, g‘azab, jahl, nafrat bilan aytgan so‘zlarimiz organlarimizga buyruq, komanda berish ko‘rinishida bajarilib, ma’lum a’zolar ishini izdan chiqarar ekan.

1. Barchasi mening bo‘ynimda — osteoxondroz;
2. Barchasi jonimga tegdi — o‘smalar;
3. Yuragimga qattiq oldim — yurak infarkti;
4. Menga muammolar bosh og‘rig‘i bo‘ldi — migren;
5. Qonimni ichdi — qon kasalliklari;
6. Sabr kosam to‘ldi — gipertoniya;
7. Eshitgim kelmaydi, o‘chir — garanglik;
8. Asabimni sinama — depressiya;
9. Hayotimda quvonch yo‘q — jigar, o‘t qopi kasalliklari, semizlik;
10. O‘z-o‘zini yeyish, birovlarni ishini hazm qila olmaslik — yara kasalliklari;
11. O‘lgudek charchadim — urologik xastaliklar rivojlanishini isbotlagan.

Doimo salomat bo‘lishda o‘zimizga, so‘zlayotgan so‘zlarimizga ehtiyotkor bo‘laylik. Zero, dunyolarni, inson organizmini so‘zlar boshqaradi!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bemorlikni chaqiruvchi so‘zlarni bilasizmi?