Odamlar orasida soch to‘kilishidan aziyat chekuvchilar talaygina, soch oqarishi ham yosharmoqda. Ushbu muammolardan xalos bo‘lish uchun ayrimlar turli vositalarni o‘zlarida sinab ko‘radilar, ammo bu bilan hamma ham har doim kutilgan natijaga erishmaydi. Nima uchun soch to‘kiladi va erta oqaradi? Bu muammoning oldini olish uchun qaysi choralar eng samarali hisoblanadi? Kimlarga soch ekish amaliyoti qo‘llanmaydi? Ushbu savollarga javob topish maqsadida “Daryo” muxbiri Nargiza Yunusova trixolog-transplantolog Munisa Jo‘rayeva bilan suhbat uyushtirdi.
“Soch to‘kilishi, umuman, soch bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar haqiqatan ham aktual bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, soch to‘kilishi COVID-19 ning paydo bo‘lishi, butun dunyo bo‘lib tarqalishi, pandemiyaga aylanishi va undan keyingi asoratlar qatoriga kiradi. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida GMO va sun’iy qo‘shimchalarning ko‘payib ketishi, ekologiyaning buzilishi ham birlamchi omillardan hisoblanadi. Shuning uchun bugungi kunda trixolog mutaxassislariga talab katta”, — deydi Munisa Jo‘rayeva.
Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘rta Osiyo endemik, ya’ni mikroelementlar tanqis bo‘lgan mintaqadir. “O‘zbekistonning aksar hududi issiq iqlim sharoiti, quruq ob-havo hamda tuz miqdori yuqori bo‘lgani sabab yod va temir kabi moddalar tanqisligi kuzatiladi. Bu o‘z navbatida inson salomatligiga, jumladan, teri, tirnoq va sochlarga salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi”.
Soch to‘kilishi va oqarishining sababi individual xususiyatga bog‘liq bo‘lib, kimnidir xursand qilgan vosita boshqada aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu jihatdan soch to‘kilishi kuzatilganda uning sababi gormonal o‘zgarishlar, vitaminlar yetishmovchiligi, stress yoki boshqa omilmi — aniqlash uchun mutaxassisga murojaat qilib tibbiy tekshiruvlardan o‘tish tavsiya etiladi.
Kuniga o‘rtacha 150 tolagacha soch to‘kilishi me’yor hisoblanadi. Sochning tanga-tanga shaklida to‘kilishi salomatlik haqida jiddiy xavf alomatidir. Bu holda qanday yo‘l tutish kerakligi borasida quyidagi videoni ko‘rib, savollaringizga batafsil javob oling.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Sergey Lushchan: "Navbahor" futbolchilari "Neftchi"ga o‘tyapti? Balki..."