Mavsumiy o‘tkir respirator kasalliklarga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li organizm immunitetini ko‘tarish hisoblanadi. Xo‘sh, qanday mahsulotlar inson immun tizimi uchun foydali?
SSV shamollash va grippda qaysi mahsulotlar ko‘proq foydali ekani haqida ma’lumot berdi.
- Limon. Uni maydalab, biroz shakar qo‘shib kun davomida uch martagacha bir choy qoshiqchadan iste’mol qilish immunitetni mustahkamlashda samara beradi.
- Na’matak. Na’matak sharbati, mevalaridan choy damlab ichish juda foydali.
Kechqurun termosga o‘n dona na’matak mevasi soling va ustidan qaynoq suv quying. Ertasiga kun bo‘yi mazkur damlamadan ichib yuring. Bu ichimlik immunitetni ko‘taradi.
- Tuzlangan karam. Tuzlangan karamga biroz zaytun moyi va mayda to‘g‘ralgan boshpiyoz qo‘shib iste’mol qilish koni foyda.
- Piyoz. Piyoz tabiiy antibotik hisoblanadi.
- Sarimsoq. Shamollash va virusdan asraydi, yurak-qon tomiri xastaliklari bilan kasallangan bemorlar uchun juda foydalidir. U qon bosimini va xolesterin darajasini pasaytiradi.
- Tvorog. Uy sharoitida tayyorlangan tvorog ayniqsa o‘ta foydali.
- Tuxum. Qaynatilgan tuxum tarkibida A, V2, V5, V6, V9, V12, D, K kabi vitaminlar, shuningdek, biotin, kalsiy, magniy, rux, selen, mis, marganets temir kabi foydali vitaminlar bo‘ladi.
Ushbu mahsulotlarni sevib iste’mol qiluvchilarning kasallikka chidamliligi yuqori bo‘ladi, kasallikka chalinganda ham uni yengib o‘tishi immun tizimi uchun nisbatan oson chekadi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Olimlar Oyning orqa tomonidan olingan tuproq namunalarini o‘rgandi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda