18:36 / 14.01.2024
155

Burun yuvishda nimalarga ehtiyot bo‘lishi kerak?

Burun yuvishda nimalarga ehtiyot bo‘lishi kerak?

Shamollash tufayli burun oqishi yoki allergik rinitdan aziyat chekayotgan aksariyat bemorlarga shifokor burun yuvish muolajasini tavsiya etadi.

Xo‘sh, mazkur davolash usulining samarasi qanday? U kimlarga mumkin emas?

Shu kabi savollarga tibbiyot fanlari nomzodi Durdona Alimova javob berdi.

Burun yuvish — terapevtik yoki gigiyenik muolaja bo‘lib, kuz-qish mavsumida tananing yuqumli kasalliklarga chidamliligini oshirish, infeksiyalarning oldini olish, davolash, burunni tozalash va namlash maqsadida o‘tkaziladi, — deydi mutaxassis. — Buning uchun maxsus eritmalardan foydalaniladi. Ushbu muolajaning bir necha ijobiy samarasi bor.

Jumladan:

- shilliq qavatdagi yallig‘lanish jarayonlarini bartaraf etadi;

- tomoq va halqumda patogen mikrofloraning ko‘payishi va unga kirib borishini (shu jumladan tomoq og‘rig‘i va laringit rivojlanishining oldini olish) to‘xtatadi;

- burun yo‘llarini yiringli sekretsiyalar va shilimshiqlardan tozalaydi;

- burun shilliq qavatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilishi kerak bo‘lgan dorilarning samaradorligini oshiradi;

- burun yondosh bo‘shliqlarining bakterial infeksiyasi tufayli yallig‘lanishi va shilliq qavati shishini bartaraf etadi;

- operatsiyadan keyin reabilitatsiya davrini qisqartiradi;

- gripp, koronavirus infeksiyasi va boshqalar bilan kasallanish xavfi yuqori bo‘lgan davrda mahalliy immunitetni oshiradi va hokazo.

Bundan tashqari, mazkur davolash usuli o‘simliklarning gullash davri yoki allergenlar bilan aloqa qilish muqarrar bo‘lgan bemorlarga mutaxassis tomonidan tavsiya etilishi mumkin.

Ushbu muolajani burnidan muntazam qon ketadigan, shilliq qavatlarning kuchli shishi, epileptik tutqanoqlar, ruhiy kasalliklar, burun yo‘llarining obstruksiyasi, burun to‘sig‘ining shikastlanishi yoki egriligi, allergik reaksiya va eritmaning tarkibiy qismlariga nisbatan kuchli sezgirligi bor bemorlarga ehtiyotkorlik bilan bajarish tavsiya qilinadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Burun yuvishda nimalarga ehtiyot bo‘lishi kerak?