Uyali telefon foydalanuvchilariga kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha har kuni SMS yuboriladi
Foto: Getty Images
O‘zbekistonda har bir insonning o‘z salomatligiga mas’ulligini oshirish rejalashtirilmoqda.
“Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan promo-roliklar, dastur va teleko‘rsatuvlar tayyorlanadi.
Uyali telefon foydalanuvchilariga kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzi asoslari bo‘yicha har kuni qisqa xabarlar (SMS) yuboriladi.
Jurnalistlar va boshqa matbuot vakillari o‘rtasida har yili «Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha yilning eng yaxshi targ‘ibotchisi» tanlovi o‘tkaziladi.
Bozorlar, samolyot, poyezd, avtobus, metro, supermarketlar va fuqarolar ommaviy yig‘iladigan boshqa joylarda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha roliklar namoyish qilinadi, radiomaslahatlar taqdim etiladi va bukletlar tarqatilishi ta’minlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring