11:23 / 02.03.2024
257

Qandli diabetning noodatiy alomatlaridan biri

Qandli diabetning noodatiy alomatlaridan biri
Foto: Getty Images
Tasavvur qiling, organizmingiz qandli diabetga chalingan, lekin siz bundan bexabarsiz. Ushbu kasallikning shunday yashirin alomati bor-ki, insonlar bunga ahamiyat bermay yashashda davom etaveradi.

Qandli diabetning barcha uchun ma’lum bo‘lgan belgilari — bu doimiy tashnalik, og‘iz qurishi, to‘satdan vazn yo‘qotish va doimiy charchoq hissi. Biroq, kasallikning noodatiy belgisi ham bor. U faqat ertalab uyqudan uyg‘onganingizda namoyon bo‘ladi.

Ertalab uyg‘onganingizda bir yoki bir nechta barmoqlaringizni bukib ko‘ring. Ba’zi insonlar bunday qila olmaydi va buni noto‘g‘ri uxlaganligi uchun qo‘l uvushib qolgan, deb xato o‘ylashadi. Agar shunday holat yuz berishi doimiy takrorlansa, sizda qandli diabet rivojlanayotgan bo‘lishi mumkin.

Ammo bundan xavotirga tushmang, umumiy sog‘liqni tekshirish va shifokor endokrinolog qabuliga yozilishingiz kifoya qiladi. Chunki har bir organizm individual bo‘lib, mazkur holat xatarli bo‘lmasligi ham mumkin.

Shuni yodda tutish lozimki, qandli diabet faqatgina vaqtida davolanmaslik oqibatida katta zarar yetkazadi. Kasallik aniqlanganda, uni vaqtida davolash va nazorat qilgan holda kundalik hayot tarziga qaytish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qandli diabetning noodatiy alomatlaridan biri