Foto: Harward Health
Shifokor endokrinolog Aleksey Jito oshqozon-ichak faoliyatining uzluksiz ishlashini qanday ta’minlash kerakligi haqida Telegram'da maqola yozib qoldirdi, deb yozadi Sports.kz nashri.
Oshqozoningizga yordam bering: quyidagi kundalik odatlar tufayli oshqozon faoliyati doim normal holatda ishlaydi, — deyiladi xabarda.
Shifokorning tavsiyasiga ko‘ra:
- do‘konlardan biror mahsulot sotib olishdan avval uning yaroqlilik muddatini albatta tekshirib oling;
- agar muzlatgichdagi mahsulot yoki taom bir necha kundan ortiq vaqt mobaynida qolib ketgan bo‘lsa, qo‘rqmay uni tashlab yuboravering. Buning uchun ichaklaringiz sizdan minnatdor bo‘ladi. Agar iloji bo‘lsa, biror taomni faqat bir kun uchun pishiring va doim yangi tayyorlangan ovqat iste’mol qilishga harakat qiling;
- taomlanishdan avval meva va sabzavotlar, hatto po‘stlog‘i archiladigan mandarin va bananni ham yuvishga odatlaning;
- taom tayyorlash qoidalariga amal qiling: ovqat o‘ta xom yoki o‘ta kuygan bo‘lmasligi kerak;
- ma’lum sabablarga ko‘ra shifokor tavsiyasiga ko‘ra antibiotiklar qabul qilayotgan bo‘lsangiz, dorining oshqozonga ta’sirini kamaytirish uchun prebiotik yoki probiotiklar ham ichish mumkinligi haqida shifokoringizdan so‘rang;
- ko‘p taomlanmang! Tez-tez va kam-kamdan yeyish eng maqbul yechimdir;
- uyquga yotishdan avval ovqatlanmang. Kechki ovqat uyqudan 2-3 soat oldin bo‘lishi lozim. Bu uslub ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda ham foyda beradi;
- gigiyena qoidalariga rioya qiling. Ovqatlanishdan avval qo‘llaringizni yuving;
- stress va tushkunlik holati ham oshqozon faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Doimiy stress o‘n ikki barmoqli ichakda eroziya va yaralar paydo qilishi mumkin. Ular stress yarasi deb ataladi va saratonga olib keluvchi omillardan biri hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi