17:00 / 19.03.2024
227

Tishlar uchun eng zararli ichimlik ma’lum qilindi

Tishlar uchun eng zararli ichimlik ma’lum qilindi
Foto: Pinterest
Tibbiyotda uzoq vaqt davomida qahva tish emali uchun eng zararli ichimliklar sirasiga kirar edi. Chunki qahva tarkibidagi tabiiy bo‘yoq emalni sarg‘ish-jigarrangga bo‘yaydi va uni yemiradi. Shuningdek, kofe boshqa hayot uchun muhim organlar — yurak va qon tomirlariga salbiy ta’sir o‘tkazishi isbotlangan.

Biroq bugungi kunga kelib kofedan ko‘ra tishlar va milklarga ko‘proq zarar yetkazadigan ichimlik turi aniqlandi. Bu — limon kislotasi.

Limon kislotasi tish emalining ashaddiy dushmani hisoblanadi. U emalni yumshatadi, mo‘rtlashtiradi va ortga qaytmaydigan jarayon — eroziya boshlanadi. Demak, tarkibida ko‘p miqdorda limon kislotasi bo‘lgan ichimliklarning barchasi tishlar salomatligi uchun xavflidir.

Foto: Photobake
Shu bilan birga shakar va shirinliklar ham tishlar uchun zararli sanaladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida shakar va boshqa uglevodlarni kislotalarga aylantiradigan bakteriyalar mavjud. Mazkur kislotalar emal qattiqligi uchun javobgar bo‘lgan mineral moddalarni yo‘q qiladi.

Limon kislotasi tishlarga nisbatan kamroq zarar keltirishi uchun ichimlikni naycha (trubochka) bilan ichish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tishlar uchun eng zararli ichimlik ma’lum qilindi