Ko‘p insonlar kundalik hayotda yurgan yoki tik turgan holatda suv ichganiga guvohi bo‘lamiz. Bunday odatdan voz kechgan ma’qul, chunki suvni turgan holda ichish organizmga o‘ziga xos zarar keltirishi tibbiyotda isbotlandi.
Foto: NDTV
Hindistondagi Appolo Spectra shifoxonasining bosh shifokori Virpul Rustgining aytishicha, biz butun umr davomida odatiy hol bo‘lgan suv ichishni noto‘g‘ri tarzda amalga oshirib kelganmiz. Aniqlanishicha, harakat paytida, umuman turgan holatda ichilgan suv turli kasalliklar keltirib chiqaradi va ba’zi organlar ish faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi.
Oshqozon faoliyatining buzilishi
Shifokor so‘zlariga ko‘ra, katta zarar birinchi navbatda ovqat hazm qilish tizimiga tegishli. Tik turgan holatda suv ichilganda suyuqlik oshqozonning pastki qismiga ovqat hazm qilish kanalidan katta kuch va tezlik bilan keladi. Natijada nerv tolalari taranglashadi, organizmdagi suyuqlik muvozanati buziladi va toksinlar miqdori ortadi. Bu esa oshqozon va hazm qilish tizimini bezovta bo‘lishiga olib keladi.
Artritni kuchaytirishi
"Tik turgan holda suv ichish bo‘g‘imlarda suyuqlik to‘planishiga olib kelishi va artrit bilan bog‘liq muammolari keltirib chiqarishi mumkin", — deydi doktor Rustgi.
Yurak va o‘pka faoliyatining buzilishi
Suvni noto‘g‘ri ichish oqibatida kerakli vitaminlar va minerallar jigar hamda ovqat hazm qilish tizimiga yetib bormaydi. Ular tezda tanadan so‘rilib, yurak va o‘pka faoliyatini xavf ostiga qo‘yadi, chunki qondagi kislorod darajasi buzilgan bo‘ladi.
Buyraklarga salbiy ta’siri
O‘tirgan holatda organizmning suyuqlik qabul qilishi sababli buyraklarda filtrlash tizimi yaxshiroq ishlashi isbotlangan.
"Siz tik turganingizda suv ichsangiz, suyuqlik yuqori bosim ostida oshqozonning pastki qismiga hech qanday filtrlashsiz o‘tadi. Bu siydik pufagida suv aralashmalarining qolib ketishiga olib keladi va buyraklar faoliyati buziladi", — deydi Virpul Rustgi.
Xo‘sh, unda suv qay tarzda ichilsa to‘g‘ri bo‘ladi?
Foto: Healthshots
Sog‘lig‘ingizga g‘amxo‘rlik qilmoqchi bo‘lsangiz, suvni o‘tirgan holatda iching va yelkangizni to‘g‘ri tuting. Buning uchun orqa suyanchig‘i bor stulda o‘tirish tavsiya etiladi. Shunda ovqat hazm qilish tizimi sizga minnatdorchilik bildiradi va siz oshqozondagi noqulaylik hamda og‘irlik hissidan xalos bo‘lasiz.
Yana bir kichik tavsiya: suv xona haroratida bo‘lishi lozim. Jazirama yozda ham sovuq suv ichish mumkin emas. Sovuqlik chanqoqni bosmaydi, iliq suv esa xolesterin darajasini me’yorda ushlab turishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi