Foto: Behance.net
Sog‘lom, qalin, uzun va jilvador sochlar hamisha ayol salomatligi va go‘zalligining timsoli bo‘lib kelgan. Afsuski, hammamiz xam shunday sochlar bilan maqtana olmaymiz. Buning sababi bir tomondan salomatlik, irsiy moyillikka borib taqalsa, ikkinchi tomondan o‘zimizning e’tiborsizligimiz, noto‘g‘ri parvarishdir. Quyida sochlar o‘sishini rag‘batlantirish va sinishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar bilan bo‘lishamiz.
Nima uchun ba’zi insonlarning sochlari tez o‘sadi, boshqalarda esa sekin?
Asosiy sabablar:
- genetika;
- gormonal holat;
- barqaror psixika, asabiylashmaslik;
- yaxshi parvarish.
Kuniga 50-100 tagacha soch tolasining to‘kilishi norma hisoblanadi. Sochlar har oyda o‘rtacha 1-2 santimetrga o‘sadi. Bu jarayon ichkaridan sodir bo‘lganligi sababli, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari bilan vaziyatni yumshatish mumkin.
Sochlar 78 foiz keratin oqsilidan iborat. Shuning uchun aminokislotali mahsulotlar iste’mol qilish sochlarning yaxshi o‘sishiga yordam beradi. Ularga baliq, dengiz mahsulotlari, go‘sht (mol, quyon), parranda go‘shti (tovuq, kurka, o‘rdak) tuxum va dukkaklilar (no‘xat, loviya, mosh) kiradi.
Sochlar tezroq o‘sishi uchun A, B, E, D kabi vitaminlar guruhlari, mikroelementlar: sink, oltingugurt, mis, temir, selen, yod, kremniy, magniy va yog‘ kislotalari barcha hujayra membranalarini barqarorlashtirishda zarurdir.
Foto: Getty Images
V vitaminlariga boy mahsulotlar ham soch ildizini mustahkamlaydi, ularga donli mahsulotlar, yong‘oqlar, dukkaklilar, ko‘katlar va karam kiradi.
Biotin (B7 vitamini) esa tuxum, dengiz mahsulotlari, dukkaklilar, yong‘oqlar, shirin kartoshka, brokkoli, avokado, qulupnay, malina va qo‘ziqorinlar tarkibida mavjud.
D vitamini yog‘li baliq mahsulotlari, yovvoyi qizil ikra, skumbriya, paltus, treska jigari, sariyog‘, tuxum sarig‘i va qo‘ziqorinda ko‘p uchraydi.
A va E vitaminlarini mol go‘shti, jigar, avokado, tuxum, baliq, sut mahsulotlari va pishloqdan olish mumkin.
Omega-3 yog‘ kislotalariga yog‘li baliq, dengiz mahsulotlari, mol go‘shti, tuxum, yong‘oqlar, chia urug‘i boydir.
Mis quyidagi mahsulotlarda uchraydi: hayvon va baliq jigari, dengiz mahsulotlari, dukkaklilar, yong‘oqlar, ismaloq, lavlagi, pomidor, sabzi, karam va ko‘katlar.
Sochlar tezroq o‘sishi uchun nima qilish kerak?
Foto: Pinterest
Ekspertlar ta’kidlashicha, sochlar — organizm salomatligini ko‘rsatuvchi tashqi belgilarning asosiysi. Ko‘p soch to‘kilishi endokrinolog ko‘rigiga borish uchun asos bo‘la oladi. Shifokor gipoterioz, insulin rezistentlik, gormonal buzilishlar kabi kasalliklar mavjudligini aniqlashi lozim.
Shuningdek, stress holatlarini hayotingizda kamaytirish tavsiya etiladi, albatta, bu doim ham o‘z qo‘limizda bo‘lavermaydi. Hech bo‘lmasa sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom uyqu kabilarni yoddan ko‘tarmaslik ham asablarni “yumshatadi” va sochlarda namoyon bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi