Foto: 1000.menu
Qovurilgan taomni muntazam iste’mol qilish qon bosimi oshishi, ortiqcha vazn to‘plashga sabab bo‘lib, salomatlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida ko‘p o‘qiganmiz. Ammo olimlar e’lon qilgan yangi tadqiqot xulosalari muayyan bir ovqat haqida — u nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekan. Bu haqda Pnas.org yozmoqda.
Bu — kartoshka frisi. Kattalar va bolalar birdek xush ko‘ruvchi qarsildoq kartoshkaning qanday zarari bo‘lishi mumkin?
11 yildan ortiq olib borilgan o‘rganishlardan so‘ng, xitoylik olimlar qovurilgan kartoshka inson ruhiyatiga zararli degan xulosaga kelishdi. U bezovtalikka chalinish xavfini 12 foizga oshirarkan. Ayniqsa, bu holat yosh yigitlar orasida ko‘p kuzatilmoqda.
Qo‘shimcha qilish mumkinki, qovurilgan yog‘li taomlar semirishga sabab bo‘lishi, ichki a’zolarning faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Masalan, jigar ana shunday ta’sirlarga sezuvchan bo‘ladi. Shu bois yog‘li va qovurilgan ovqatlarni iste’mol qilishda me’yorga rioya qilish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi