223
Endokrinolog: bunday alomatlar kuzatilsa, zudlik bilan gormonlarni tekshirtirish lozim
Endokrin tizim gormonlar ishlab chiqaradigan va organizmda sodir bo‘ladigan hayotiy jarayonlarni tartibga soladigan ichki sekretsiya bezlari markazidir. Qalqonsimon bez asab va immun tizimlari bilan bog‘liq holda ishlaydi.
Foto: Flestone
Bu jarayonlarning buzilishi jiddiy kasalliklarga olib keladi. Kasallik kuchayib ketmasidan avval endokrinolog shifokor bilan maslahatlashish, uning salbiy oqibatlari oldini olish zarur.
Quyidagi alomatlar qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolardan darak beradi:
- bo‘yin old qismida noqulaylik his qilish;
- tomoqda shish paydo bo‘lishi;
- charchoqning kun sayin kuchayib borishi, zaiflik;
- titroq, yurak tez urishi;
- ko‘p terlash yoki aksincha terining quruqlashib ketishi;
- tana vaznining keskin ortishi yoki kamayishi;
- apatiya, depressiya, jahldorlik va asabiylik kuzatilishi;
- sochlar to‘kilishi yoki tanada ortiqcha tuklar paydo bo‘lishi;
- yuzga besabab husnbuzarlar toshishi;
- og‘iz bo‘shlig‘ining qurishi, doimiy chanqoq;
- tez-tez bosh og‘rishi va uyqusizlik.
Yuqoridagi belgilardan bir nechtasi kuzatilishi qalqonsimon bezning disfunksiyasi va endokrin tizimda buzilishlarni anglatishi mumkin.
Foto: Imhub
Qalqonsimon bez funksiyasining buzilishi jiddiy oqibatlariga, jumladan: hayz davrining keskin o‘zgarishi, bepushtlik, libidoning pasayishi, amenoreya (6 oydan ortiq muddat hayz ko‘rmaslik) kabi noxush alomatlarga olib keladi. Shuning uchun o‘z vaqtida shifokor ko‘rigidan o‘tib turish, sog‘liqqa g‘amxo‘rlik qilish nihoyatda muhimdir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”