14:00 / 17.04.2024
180

Ichimlik sodasining qanday zarari bor va uning o‘rniga nimadan foydalanish mumkin?

Ichimlik sodasining qanday zarari bor va uning o‘rniga nimadan foydalanish mumkin?
Soda — keng qamrovli universal mahsulot bo‘lib, kimyo sanoatining eng muhim mahsulotlari: shisha, sovun va boshqa tozalovchi vositalarni ishlab chiqarishda, neft mahsulotlarini tozalashda, tibbiyotda va ro‘zg‘orda keng qo‘llaniladi. Soda hamyonbop narxi va tabiatda ko‘p tarqalgani bilan ajralib turadi. Ammo undan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish kerak, chunki ichimlik sodasidan noto‘g‘ri foydalanish sog‘liqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Foto: Getty Images
Soda tibbiyotda eng ko‘p qo‘llaniladigan preparatlarning ajralmas qismiga aylangan. Masalan, natriy gidrokarbonat quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:

- yo‘tal, tomoq og‘rig‘i va tumov;
- oyoqlardagi shish va tovondagi terining qurishi;
- tishlar emalini oqartirish uchun;
- O‘RVI;
- milklarning yallig‘lanishi;
- aritmiya va gipertoniya kasalliklari;
- oyoqdagi zamburug‘li kasalliklar;
- oyoq va qo‘l terlashi;
- konyunktivit;
- bosh og‘rig‘i;
- jig‘ildon qaynashi va oshqozondagi og‘riqlar.

Har bir holatda sodadan foydalanish usuli, miqdori shifokor tomonidan kasallik darajasi va bemorning yoshiga qarab belgilanadi. So‘nggi kunlarda turli saytlarda soda orqali qisqa fursatda ozish haqidagi litsenziyaga ega bo‘lmagan reklamalar ko‘payib ketdi. Shifokorlar bunday ozish turi organizm uchun xavfli ekanini ta’kidlaydi.

Ichimlik sodasi va iste’mol sodasi kukunidan foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar

Foto: Getty images
Sodani konsentratlangan eritma shaklida ichish taqiqlanadi. Oshqozonda muammosi bor shaxslar: gastrit, oshqozon yarasiga uchragan va kislota darajasi yuqori bo‘lgan bemorlar uchun soda o‘ta xavflidir.

Kukun shaklidagi soda eritmaga nisbatan ko‘proq salbiy ta’sirga ega, chunki uning ishqoriy xususiyatlari faol va ko‘proqdir. U terini kuydirishi, shilishi va ko‘zga tushganda ko‘z pardasini shikastlashi mumkin.

Ko‘pchilik jig‘ildon qaynashiga qarshi sodali suvdan foydalanadi. Shifokorlar bunday metod foyda bermasligini va hatto aks ta’sir qilishini uqtiradi. Bunday davolash usuli oshqozonda yanada ko‘proq kuyish hissini uyg‘otadi. Chunki soda organizmga tushganda katta miqdorda karbonat angidrid ajratadi oshqozon suyuqligi ko‘proq ishlab chiqarilishiga turtki beradi.

Soda turli dori vositalari bilan reaksiyaga kirishishini ham yodda saqlash lozim. Dorilar qabul qilayotgan bemor soda iste’mol qilishi mumkin emas.

Sodaning har qanday turi besh yoshgacha bo‘lgan bolalar, homilador va emizikli ayollarga ham taqiqlanadi.

Ozish maqsadida soda eritmasini ichadigan insonlar bu ishni muntazam takrorlayversa, ularda ichki qon ketishi yuzaga kelishi va voqea ayanchli yakun topishi mumkin.

Soda o‘rniga nimadan foydalanish mumkin?
Sog‘liqni xavf ostiga qo‘ymaslik va davolanishga oqilona yondashish uchun faqatgina shifokor retsepti bilan kasallikka qarshi kurashish lozim. Axir, soda birinchi navbatda sanoat mahsuloti bo‘lib, non va qandolatchilikda ishlatiladi.

Yo‘tal yoki tumovni davolash uchun maxsus tomchilar va siroplardan foydalaning.

Vazn yo‘qotish uchun esa jismoniy faollikni oshirish va taomnomaga e’tibor qaratish kerak.

Xulosa qilib aytganda, sog‘lig‘ingiz ustida tajriba qilmang va sodali suvni maqsadga muvofiq ishlating.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ichimlik sodasining qanday zarari bor va uning o‘rniga nimadan foydalanish mumkin?