19:35 / 11.05.2024
258

O‘t pufagida tosh borligini anglatuvchi simptomlar

O‘t pufagida tosh borligini anglatuvchi simptomlar
O‘t pufagidagi toshlar deganda o‘t pufagining o‘zida yoki uning yo‘llarida to‘plangan ovqat hazm qilish suyuqligining quyuqlashishi va keyinchalik qattiqlashishiga aytiladi. Mayo Clinic shifoxonasining bosh jarrohi, doktor Irving Xorxe toshlarning paydo bo‘lishidan darak beradigan asosiy alomatlarni sanab o‘tdi.

Foto: Flectone
Kasallik avvalo bo‘yin, ikki yelka o‘rtasi, jigar sohasida og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladi. Qorin bo‘shlig‘ida ham kuchli sanchiqlar kuzatiladi. O‘t pufagida yuzaga kelgan og‘riqlarga ko‘pincha yog‘li taomlar sabab bo‘ladi. bemorning ko‘ngli aynishi, qusishi, og‘zida achchiq ta’m sezishi, terisi bir oz sariq tusga kirishi hamda tana harorati ko‘tarilishi mumkin.

Shifokorning fikriga ko‘ra, o‘t pufagida quyqalar yig‘ilishi va keyinchalik ular toshlarga aylanishiga noto‘g‘ri ovqatlanish tartibi sababchidir. Ko‘proq o‘simlik tolasidan tashkil topgan diyeta va past xolesterinli ovqatlanish tartibi toshlarning paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.

Foto: Getty Images
Afsuski, o‘t pufagidagi toshlarni eritib bo‘lmaydi va ularni olib tashlash uchun jarrohlik amaliyotini bajarish talab etiladi.

O‘t pufagisiz insonlar ko‘p yillar davomida yashay olishi mumkin. Kasallikka chalinish xavfi yuqori bo‘lganlar safiga irsiy moyilligi bo‘lgan odamlar, ayollar, qariyalar hamda kamharakat hayot tarzini olib boruvchilar kiradi. Shuning uchun balansli ovqatlanish, qorin bo‘shlig‘i bilan bog‘liq kasalliklarni o‘z vaqtida davolash hamda tana vaznini normada saqlash o‘t pufagi kasalliklari profilaktikasida muhimdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » O‘t pufagida tosh borligini anglatuvchi simptomlar