Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dori vositalariga chidamli bakteriyalar ro‘yxatini yangiladi

Salomatlik1 daqiqa o'qish258
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dori vositalariga chidamli bakteriyalar ro‘yxatini yangiladi
Foto: Getty Images
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2024 yil uchun yangilangan bakterial patogenlarning ustuvor ro‘yxati (BPPL)ni e’lon qildi. Unga antibiotiklarga chidamli bakteriyalarning 15 oilasi kiritilgan bo‘lib, ular muhim, yuqori va o‘rta ustuvor guruhlar bo‘yicha tasniflangan. Ro‘yxatda mikrobga qarshi preparatlarga chidamlilik (MQCH) tarqalishini to‘xtatish uchun yangi va kerakli davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, MQCH bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar va parazitlarga dorilar ta’sir qilmay qolganda vujudga keladi va bu bemorlarda kasallikni og‘irlashtiradi, shuningdek, uning tarqalish va o‘lim xavfini oshiradi.

Ta’kidlanishicha, odatda MQCH mikroblarga qarshi vositalarni noto‘g‘ri va haddan tashqari ko‘p ishlatish tufayli kelib chiqadi. Yangilangan BPPL ro‘yxati yangi antibiotiklarni tadqiq qilish va ishlab chiqishda innovatsiyalarni rag‘batlantirish uchun xalqaro muvofiqlashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi ma’lumotlar va ekspertlar xulosalarini o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, ro‘yxat birinchi bo‘lib 2017 yilda shakllantirilgan edi. O‘shandan buyon mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilik xavfi ortib, bu ko‘plab antibiotiklar samaradorligining pasayishiga olib kelgan va zamonaviy tibbiyotdagi qator yutuqlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin.

“Mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilik sil kasalligi kabi hayot uchun xavfli infeksiyalarni samarali davolash imkoniyatiga tahdid solmoqda. Bu esa kasallikning og‘ir kechishiga va o‘lim holatlarining ortishiga olib keladi”, – degan JSST Bosh direktori yordamchisi Jerom Salomon.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?