14:50 / 22.05.2024
142

Pishiriqlardagi transyog‘ning zararlari haqida

Pishiriqlardagi transyog‘ning zararlari haqida
Foto: Shutterstock
Margarindan tayyorlangan qandolat mahsulotlari va shirin pishiriqlar zararli ekanligi barchaga ma’lum. Shuning uchun aksariyat bekalar margarin o‘rniga sariyog‘dan foydalanish yaxshiroq deb biladi. Aslida-chi? Bu ikkala mahsulotning foyda bilan birga zararli jihatlari ham serob. Maqolada ular tarkibidagi transyog‘larning organizmga ta’sirini ko‘rib chiqamiz.

Tarkibida hayvon yog‘i, ya’ni xolesterin ko‘p bo‘lgan margarindan 1870 yillardan sariyog‘ning muqobili sifatida foydalana boshlangan. Zamonaviy tadqiqotlarda sariyog‘dan arzonroq bo‘lgan ushbu mahsulot sog‘liq uchun zararli ekani, salomatligi haqida qayg‘uradigan kishilar undan tiyilishi kerakligi aniqlangan.

Sariyog‘ tabiiy mahsulot sanaladi, uning tarkibidagi to‘yingan yog‘lar organizm uchun zarurdir. Ammo sariyog‘ faqatgina sovuq holatda tarkibidagi foydali elementlarni saqlab qoladi, qandolat uchun qo‘shilganda va yuqori haroratda pishirilganda xuddi margarin kabi zararli mahsulotga aylanadi.

Sariyog‘dan tayyorlangan pechene, kruassan kabi qandolat mahsulotlari nafaqat shakar va kaloriya miqdori sababli, balki xolesterinni oshirishi va yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlantirishi bilan ham xavflidir. Sariyog‘dagi foydali elementlar faqat past olovda — 120 darajagacha pishirilganda saqlab qolinadi. Shirinliklar esa odatda 160-200 darajada tayyorlanadi. Bunday haroratda yog‘lar kanserogenga aylana boshlaydi. Bu esa margarin zararidan kam emas.

Foto: iStock
Sariyog‘dan butunlay voz kechish va uni cheklash shart emas albatta. Sovuq holatdagi tabiiy sariyog‘ A, D, E va K vitaminlarini o‘z ichiga oladi. Shunchaki me’yorga amal qilish kifoya qiladi. Tongni mazali pishiriq bilan boshlashning zarari yo‘q. Asosiysi, bu odat tusiga kirmasligi va har kuni takrorlanmasligi lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Pishiriqlardagi transyog‘ning zararlari haqida