Magniy uyqusizlik va stressda yordam beradimi?

Salomatlik3 daqiqa o'qish459
Magniy uyqusizlik va stressda yordam beradimi?
Har bir inson hayoti davomida baʼzan vaqtida uxlashga qiynaladi. Bunga stress, haddan tashqari charchash, taʼtilsiz ishlash va shovqinli muhit ham sabab bo‘lishi mumkin.

Magniy uyqusizlik va stressda yordam beradimi?
Foto: Shutterstock
Agar uyqusizlik surunkali bo‘lsa, bu ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, organizmda zaiflik, asabiylashish, diqqatni jamlashni uddalay olmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Shunday vaziyatda shifokorlar magniy preparatini qo‘shimcha tarzda ichishni buyuradi.

Magniy energiya ishlab chiqarish, asab tizimi faoliyati, qon bosimini tartibga solish va glyukoza miqdorini nazorat qilishda ishtirok etadigan muhim mineraldir. Inson organizmida taxminan 25 mg magniy mavjud bo‘lib, uning 50-60 foiz qismi suyaklarda, qolgani yumshoq to‘qimalarda joylashadi. Qon tarkibida magniy bir foizdan kam miqdorni tashkil qiladi.

Magniyni bir kunda qancha isteʼmol qilish yosh va jinsga qarab farqlanadi. 19-30 yoshdagi erkaklar kuniga 400 mg, ayollar esa 310 mg magniy qabul qilishi mumkin. Ehamine tibbiyot portali mutaxassislari aytishicha, insonlar magniyni oziq-ovqatdan yetarli miqdorda qabul qilmaydi. Uning tanqisligi qand kasalligi, yurak-qon tomir, metabolik kasalliklar va osteoporoz kabilarga olib keladi.

Magniy preparatlari uyquni yaxshilashga yordam beradimi?
Magniy uyqusizlik va stressda yordam beradimi?
Foto: iStock
Magniy uyqu-uyg‘onish siklini tartibga solishga va tunda osuda dam olishga yordam beradi. Uyqusizlikka chalingan keksa odamlarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, magniy uyquga ketish vaqtini 17 daqiqaga qisqartiradi. Ammo tungi uyqu sifatiga hech qanday taʼsir ko‘rsatmaydi.

Boshqa bir tadqiqotda ishtirokchilar bezovta oyoqlar sindromiga chalingan edi. Magniyni qabul qilish ularda tungi uyg‘onishlar sonini kamaytirishga yordam berdi.

Xulosa qilganda, magniy asosan harakat tizimi buzilganlarga uyquda yordam beradi deyish mumkin. Ushbu modda boshqa sabablar tufayli uyqusizlikka chalinganlarga kor qiladimi yoki yo‘q — fanga hozircha nomaʼlum.

Magniy defitsiti nimadan kelib chiqadi?
- oshqozon-ichak kasalliklari;
- II toifa qandli diabet;
- spirtli ichimliklarga qaramlik;
- keksa yoshdagi insonlarda magniy tanqisligi kuzatiladi.

Magniy gipertonik insonlarga ham foydalidir, chunki mazkur mineral qon bosimini pasaytiradi.

Qarshi ko‘rsatmalar
Magniyni o‘z ichiga olgan dori-darmonlarga allergiya kuzatilsa, uni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak. Shuningdek, buyrak kasalliklari bilan og‘rigan shaxslarga magniyni qo‘shimcha tarzda ichish mumkin emas. Preparatdan allergik reaksiyalar: yuz va tomoqda shish, qizarish, qichishish kabilar kuzatilganda zudlik bilan tez yordam chaqirish lozim.

Magniyning homiladorlar va chaqaloqlarga qanday taʼsir qilishi nomaʼlum
Homiladorlikni rejalashtirayotganlar va bo‘lajak onalar shifokor bilan maslahatlashmasdan magniyni o‘zboshimchalik bilan qabul qilishi man etiladi.

Magniyning dori vositalari bilan o‘zaro taʼsirlashuvi
Magniy uyqusizlik va stressda yordam beradimi?
Foto: Shutterstock
Magniyning sunʼiy shakli baʼzi dorilarning taʼsirini susaytirishi mumkin. Antibiotik va osteoporozga qarshi dori qabul qilayotgan bemor magniy ichish kursini boshlashdan avval shifokorni bundan ogohlantirishi muhim. Quyidagi dori vositalari bilan magniyni qabul qilish mumkin emas:

- Penitsillamin;
- Tetratsiklin;
- Doksitsiklin;
- Minotsiklin;
- Siprofloksatsin;
- Levofloksatsin;
- Lomefloksatsin;
- Moksifloksatsin;
- Norfloksatsin;
- Ofloksatsin;
- Alendronate;
- Ibandronat;
- Rizedronat;
- Tiludronat.

Biologik faol qo‘shimchalar tarkibidagi magniy ham xavfli bo‘lishi mumkin, chunki BFQ ishlab chiqarish jarayoni dori vositalari kabi jiddiy nazorat qilinmaydi. Shuning uchun preparat idishida yozilgan faol moddaning miqdori aslida farq qilishi mumkin.

Organizmda magniy miqdorini oshiruvchi tabiiy mahsulotlar
Magniy uyqusizlik va stressda yordam beradimi?
Foto: Dzen
Organizm oziq-ovqat bilan isteʼmol qilinadigan magniyning taxminan 30-40 foizini o‘zlashtiradi. Ushbu mineral miqdorini oshirish uchun bodom, yeryong‘oq, keshyu, qovoq urug‘i, loviya, soya suti, ismaloq, oq kartoshka, jigarrang guruch, losos, mol go‘shti, banan, mayiz, qora shokolad (kamida 70 foiz kakaoli), sut, olma, sabzi, tabiiy yogurt kabi oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?