14:29 / 27.06.2024
169

Organizmdagi sog‘lig‘ingizga e’tibor berishingiz kerakligini anglatuvchi simptomlar

Organizmdagi sog‘lig‘ingizga e’tibor berishingiz kerakligini anglatuvchi simptomlar
Muvaffaqiyatli inson bo‘lishga va farovon hayotga intilayotgan shaxslar ko‘pincha o‘z salomatligi va barqaror emotsional holati haqida qayg‘urishni yodidan chiqaradi. Jismoniy va ruhiy salomatlik bo‘lmasa, boylik va shuhrat hech qaysi insonni baxtli qila olmasligini unutadi. Buning ustiga, mustahkam sog‘lik va mo‘tadil ruhiy holat har qanday muvaffaqiyatga erishishning asosidir. Ushbu maqolada umumiy salomatlikni tiklash uchun tanangiz beradigan 3 ta muhim signalga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.

Faol bo‘lishdan to‘xtash va charchoq hissi

“Vampir kundaligi” serialidan lavha
Foto: People Talk

Insonlar turli sabablarga ko‘ra, jumladan charchoq, uyqu yetishmasligi, stress, kundalik vazifalarning ko‘payishi tufayli faol hayot tarzini olib borishi tobora qiyinlashib boradi. Bunday holatda siz kundalik ishlaringiz hajmini qisqartirishingiz yoki kuchingizni tiklab olish uchun ta’tilga chiqish haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishingiz zarur.

Hazm qilish tizimida buzilishlar

“Ye, ibodat qil, sev” filmidan lavha
Foto: People Talk

Ovqat hazm qilish muammolarining sabablariga asosan tartibsiz taomlanish, doimiy bir xil oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish, haddan ortiq shirinlik va uglevodlarga ruju qo‘yish kabilar kiradi. Biz iste’mol qilayotgan mahsulotlar ruhiyatimizga ham ta’sir qilishini unutmagan holda, kundalik ratsionni qayta ko‘rib chiqishni tavsiya etamiz.

Notinch emotsional holat

“Joker” filmidan lavha
Foto: People Talk

Bunda biz kognitiv funksiyalarning pasayishini nazarda tutmoqdamiz: unga xotiraning zaiflashishi, uyquning buzilishi, doimiy tushkun kayfiyatda bo‘lish kabilar kiradi. Natijada miya faoliyati yomonlashadi, bu esa umumiy salomatlikka o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

Notinch emotsional holatda barcha insonlar va predmetlar sizni bezovta qiladi, har qanday odamning fikri sizning shaxsiy chegaralaringizni buzishga urinish sifatida qabul qilinadi. Bunday vaqtda siz boshqalardan o‘zingizni yopib qo‘yasiz va yaqinlaringiz bilan birga vaqt o‘tkazishni istamaysiz.

Agar sizda yuqorida sanab o‘tilgan holatlar kuzatilayotgan bo‘lsa, o‘z jismoniy va ruhiy holatingizni tiklash uchun kerakli mutaxassisga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Organizmdagi sog‘lig‘ingizga e’tibor berishingiz kerakligini anglatuvchi simptomlar