Milliy tibbiyot markazi faoliyatiga raqamlashtirish tizimining faol tatbiq etilishi tibbiyot xodimlarining ish samaradorligi oshishi va bemorlarga qator qulayliklar yaratilishiga xizmat qilmoqda.
Markazda davolanmoqchi bo‘lgan bemor ushbu tibbiyot muassasasiga kelmasdan turib, 24/7 rejimida ishlab turgan Call markazga qo‘ng‘iroq qilish orqali bemor kerakli ma’lumotlarni oladilar.
Shuningdek, markazda ro‘yxatga olish, shifokorlar qabuli, yo‘llanmalar berish, tashxis qo‘yish va boshqa tibbiy xizmatlardan foydalanish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan.
Teletibbiyot davolash tizimiga ham joriy etilgan bo‘lib, bu markaz va uning hududiy filiallarida muassasaning malakali shifokorlari va chet ellik mutaxassislar bilan konsilium o‘tkazish imkonini beradi.
E’tiborlisi, markazdagi ushbu sharoitlar tibbiyot turizmining rivojlanishiga ham keng yo‘l ochmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida mazkur markazda ming nafardan ortiq chet ellik fuqarolar tashrifi kuzatildi. Bu raqamlar kun sayin oshib bormoqda.
Aytish kerakki, axborot tizimlarining samaradorligi tufayli vaqt tejalishi hisobiga shifokorlar ish yuklamasi bir necha barobarga kamaytirildi va natijada bemorlarni kunlik qabul hajmi 170 dan 300 nafargacha ortdi.
Elektron tizim tadbiq etilishining yana bir afzalligi shundaki, qog‘oz shaklidagi hisobotlarning qariyb 95 foizi raqamli shaklga o‘tkazildi. Moliyaviy hisobotlar, dori-darmon sarflanishi, tibbiy muolajalar o‘tkazilishida “inson faktori” minimallashtirildi.
Hattoki, bemor uchun buyurilgan dori-darmon va ko‘rsatmalar haqidagi ma’lumotlar ham avtomat ravishda hamshiralarga yuboriladi, ular esa o‘z navbatida bemorga kerakli muolajalarni amalga oshirishadi. Bu esa tibbiyot xodimlarining vaqtini tejash, bor diqqatini bemorning samarali davosiga yo‘naltirish, texnik xatoliklarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.
Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari