12:57 / 06.08.2024
109

Tishlar salomatligi uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar

Tishlar salomatligi uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar
Foto: Freepik
Sog‘lom tishlar ovqat hazm bo‘lishi, go‘zal tabassum va salomatlik garovi hisoblanadi. Tishlar salomatligi iste’mol qilinadigan mahsulotlar va ular tarkibidagi moddalar bilan uzviy bog‘liq.

Masalan, sut mahsulotlari va pishloqlar kalsiy miqdori yuqori yuqori bo‘lganligi sababli tishlar salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deydi stomatolog-terapevt va parodontolog Yelena Martinova.

Shifokor so‘zlariga ko‘ra, tishlarga eng katta foyda keltiradigan mahsulot — bu suv. Har kuni o‘rtacha ikki litr miqdorda toza suv ichish og‘iz bo‘shlig‘ida yetarli miqdorda so‘lak ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Bu esa tish va milklarda rivojlanadigan bakteriyalar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, suvda ftor moddasi mavjud bo‘lib, u kariyes rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi”, deya tushuntirdi stomatolog.

Qahva, choy va boshqa bo‘yoq qo‘shilgan ichimliklar bundan mustasno. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, organizm suvsizlanganda tishlarning kariyesga duchor bo‘lish ehtimoli ikki baravar oshar ekan.

Tish emalini mustahkamlash uchun kalsiy, fosfor va ftor moddalari zarur. Fosforni go‘sht, yog‘li baliq, tuxum va dengiz mahsulotlari orqali qabul qilish mumkin. Xom sabzavotlar va ko‘katlar esa emalni tozalash va milklarni uqalash vazifasini bajaradi. Sabzavotlardagi C vitamini milklardagi qon tomirlari va suyaklarni mustahkamlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tishlar salomatligi uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar