12:51 / 30.08.2024
15

Veyp va elektron sigaretalar yangi kasallikka sabab bo‘lmoqda

Veyp va elektron sigaretalar yangi kasallikka sabab bo‘lmoqda
Foto: “RIA Novosti”
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi veyplar va elektron sigaretalar keltirib chiqaradigan yangi kasallik haqida ogohlantirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Veyp va “elektron sigareta”larning iste’moli EVALI nomli yangi kasallikni keltirib chiqardi. Bu nom electronic-cigarette of vaiping product use associated lung injury iborasining qisqartmasi hisoblanadi.

EVALI - elektron sigaretalar iste’molidan kelib chiqadigan o‘tkir o‘pka shikastlanishi. Koronavirus pandemiyasi boshlanishi bilan, kasallik belgilarining o‘xshashligi tufayli, bu kasallikni o‘rganish sekinlashdi va uning aniqlanishi o‘sishdan to‘xtadi. Biroq, bu holat veyp iste’molchilari uchun uning xavfliligini kamaytirmaydi”, deyiladi Rossiya SSV xabarida.

Kasallik belgilari ko‘p jihatdan koronavirus infeksiyasiga o‘xshaydi — tana harorati oshadi, umumiy holsizlik va darmonsizlik, yo‘tal va hansirash, o‘pkada patologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

Koronavirusdan farqli o‘laroq, EVALI kasalligining dastlabki belgilaridan biri insonning ovqat hazm qilish tizimidagi buzilishlar hisoblanadi. Bundan tashqari, kasallikka tashxis qo‘yish qiyin, chunki hozircha uni aniq tashxislash yoki inkor etishga yordam beradigan tadqiqotlar mavjud emas.

Ayni paytda EVALI kasalligini davolashning maxsus protokoli ishlab chiqilmagan. Og‘ir holatlarda bemorlar reanimatsiya bo‘limlariga yotqiziladi va sun’iy o‘pka ventilyatsiyasiga muhtoj bo‘ladi.

Shifokorlar elektron sigaretalar va veyplardan iloji boricha tezroq voz kechishga chaqirmoqda. Bu xavfli patologiyadan saqlanishning yagona yo‘li hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Veyp va elektron sigaretalar yangi kasallikka sabab bo‘lmoqda