“Sports.kz”ning xabar berishicha, avokado va banan juda foydali meva. Bu mevalarni me’yorida iste’mol qilish yurak-qon tomir tizimi holatini yaxshilashga yordam beradi.
Biroq yuqorida aytib o‘tilgan mevalarning jiddiy kamchiligi ham bor. Xususan, banan va avokadoli gazaklar qiyin hazm bo‘ladigan yeguliklar qatoriga kiradi.
Ularni kunning birinchi yarmida yeyish kerak. Ikkinchi yarmida yeyilgan mazkur mevalar oshqozonni qiynab qo‘yishi mumkin.
Nega avokado va bananni kechqurun yeb bo‘lmaydi?
Bu mevalar yuqori kaloriyali hisoblanadi. Bundan tashqari, avokado va banan oshqozon uchun ancha og‘ir oziq-ovqat bo‘lib, uzoq vaqt hazm bo‘ladi va u uzoq vaqt o‘zlashtiriladi.
Shu sababli bu mevalarni kechki soatlarda iste’mol qilish ma’qul emas, chunki tunda bunday ovqatni hazm qilishda muammolar yuzaga kelish ehtimoli juda yuqori.
Avokado va bananni qachon iste’mol qilgan ma’qul?
Ertalab bemalol yeyishingiz mumkin. Banan yoki avokadoli nonushta — ish kuni boshlanishidan oldin quvvat olishingizni kafolatlaydi.
Bundan tashqari, bu mevalarning istalganini kunning birinchi yarmidagi mashg‘ulotdan so‘ng iste’mol qilishingiz mumkin: kuchingiz tez tiklanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi
Xitoyda kriptovalyutada pora olgan amaldor kommunistik partiyadan o‘chirildi
Ta’sirchanlik, bezovtalik, horg‘inlik... nevrologik kasallik alomatimi?