59
Britaniyalik taniqli shifokor inson organizmi uchun foydasiz bo‘lgan vitaminlarni sanab o‘tdi
Foto: Healtnwealth
Ko‘pchilik qish va bahorda avitaminoz kasalligini oldini olish uchun profilaktika tarzida turli vitamin yoki polivitaminlarni shifokor maslahatisiz qabul qila boshlaydi. To‘g‘ri, vitaminlar salomatlikning muhim tarkibiy qismi, ammo ularning ba’zilari foyda keltirishi haqiqatdan yiroqdir.
Multivitamin komplekslar (Polivitaminlar)
Ko‘pincha qo‘shimchalarga bo‘lgan ehtiyoj avvaldan noto‘g‘ri baholanadi. Ortiqcha vitaminlar esa ularning yetishmasligidan ham ko‘proq zararli bo‘lishi mumkin.
Amerikalik tadqiqotchilar multivitamin komplekslar tanaga deyarli hech qanday foyda keltirmasligini aytmoqda. Doktor Devid Jenkins tadqiqot natijalariga ko‘ra, polivitaminlar o‘rniga muvozanatli ovqatlanish tartibini tatbiq etish ko‘proq samara beradi. Buning uchun kundalik taomnomaga turli sabzavot, meva va yong‘oqlarni kiritish kifoya.
“Toksinlarni chiqarib tashlash” uchun BFQ
So‘nggi yillarda “detoks” yoki “tanani toksinlardan tozalash” kabi iboralar trendga chiqdi. Biologik faol qo‘shimchalar bozori esa organizmni tozalashga yordam beradigan turli xildagi tabletkalarni taklif qila boshladi. Biroq toksikolog Rayan Marino fikriga ko‘ra, bularning bari biznes va pullarni behuda sarflashdir. Chunki sog‘lom inson ichaklari tabiatan o‘zini ovqat qoldiqlaridan tozalash va filtrlash xususiyatiga ega. Immunitet ishiga aralashish esa, aksincha, turli muammolarga yo‘l ochishi mumkin.
Tabletka shaklidagi D vitamini
Foto: Getty Images
D vitaminining me’yoridan ortiq dozasi dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun uni shifokor tavsiyasisiz o‘zboshimchalik bilan qabul qilmaslik lozim.
Tibbiyot fanlari doktori Muhammad Amerning so‘zlariga ko‘ra, D vitaminini tabletkalarda qabul qilish hech qanday foyda keltirmaydi, uning ortiqcha dozasi esa og‘ir zaharlanishga olib keladi.
Omega-3
Omega-3 qo‘shimchasi so‘nggi vaqtlarda juda ko‘p reklama qilingan preparatlardan biridir. Ammo bunday kapsulalardagi yog‘ning tabiiy aminokislotalar o‘rnini bosishi haqida hech qanday ilmiy isbot va dalillar mavjud emas. Garvard maktabining tibbiyot fanlari professori Piter Koenning aytishicha, omega-3 o‘rniga yog‘li baliq iste’mol qilish foydaliroqdir.
Vitamin C tabletkalari
Foto: Shutterstock
S vitaminini biologik faol qo‘shimcha ko‘rinishida sotib olishdan ko‘ra, oziq-ovqat orqali qabul qilish yaxshiroqdir, zero bunday kapsulalardan foyda yo‘q. Diyetolog Betan Tayerning aytishicha, sitrus mevalari, karam, bulg‘or qalampiri, pomidor va ko‘katlarni iste’mol qilish orqali C vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni to‘ldirish mumkin. Turli tabletkalarga pul sarflashning esa hojati yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi