Insult kafolatlanadi: qaysi mahsulot qon tomirlari uchun zararli?

Salomatlik1 daqiqa o'qish184
Insult kafolatlanadi: qaysi mahsulot qon tomirlari uchun zararli?
Qon tomirlarida quyqalar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar yurak xuruji yoki insultga chalinish xavfini oshiradi, deya ogohlantiradi shifokorlar. Umuman olganda, noto‘g‘ri ovqatlanish tartibi va ortiqcha vazn inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin, deb xabar berdi “Sports.kz”.
Insult kafolatlanadi: qaysi mahsulot qon tomirlari uchun zararli?
Foto: iStock
Ammo nima uchun ko‘plab odamlar barcha xavf-xatarlarni bilib turib zararli mahsulotlarni iste’mol qilishda davom etmoqda? Bunga insoniyatning jiddiy muammolaridan biri — stress sababchi bo‘lmoqda. Tushkunlikka olib keladigan sabablar esa talaygina. Shifokorlar hayotiy muammolarni “yeyish bilan” emas, balki ularni hal etish yo‘llarini izlash bilan bartaraf etish kerakligini aytadi. Bundan tashqari, stressni spirtli ichimliklar bilan bostirish masalani ijobiy hal qilmaydi, balki murakkablashtiradi.

Mutaxassislar qon tomirlari salomatligini saqlash uchun ba’zi turdagi mahsulotlardan voz kechishni tavsiya qiladi. Yurak kasalliklariga olib keladigan eng zararli mahsulot bu yog‘li go‘sht yoki qovurilgan mahsulotlar emas, balki shakardir.
Insult kafolatlanadi: qaysi mahsulot qon tomirlari uchun zararli?
Foto: Everyday Health
Shakar kaloriyaga boy, lekin unda ozuqa moddalari kam. U ko‘p iste’mol qilinganda kerakli energiyadan ziyod kaloriya hosil qiladi. Bu esa vaqt o‘tishi bilan ortiqcha vazn, qandli diabet, yurak-qon tomir va boshqa jiddiy xastaliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Qand va shakar qon tomirlarida quyqalar paydo qiladi, bejizga shakarni oq ajal deb atashmaydi.

Oshqozonga tushgan har bir konfet tanaga zararli. Shakar nafaqat qon tomirlarini zararlantiradi, balki tashqi ko‘rinishga putur yetkazadi, tez qaritadi hamda terining giperpigmentatsiyasiga olib keladi.

Shu bois uning iste’molini nazorat qilish juda muhim. Balansli parhez va shakar miqdorini kamaytirish orqali nafaqat salomatlikni yaxshilash, balki energiya darajasini ham saqlash mumkin.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?