20:00 / 13.11.2024
20

Milliy tibbiyot markazida Tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi

Milliy tibbiyot markazida Tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi
Mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlarining kasb bayrami kuni sifatida keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Milliy tibbiyot markazida ham bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirini Milliy tibbiyot markazi direktori Maqsud Saidov kirish so‘zi bilan ochib, Davlatimiz rahbarining sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tadbir davomida samarali faoliyati, o‘z ishiga bo‘lgan fidoyiligi hamda aholi salomatligini saqlash yo‘lida qo‘shayotgan munosib hissasi uchun Milliy tibbiyot markazining Ginekologiya bo’limi boshlig’i, oliy toifali shifokor Malika Rizayeva hamda Umumiy Reanimatsiya bo‘limi mudiri, Anesteziolog-reanimatolog Dilfuza A’zamovalar «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.




Shuningdek, insonlar salomatligi muhofazasi yo‘lidagi zahmatli faoliyati hamda sohadagi ko‘p yillik samarali tajribasi uchun markazning Qon-tomir xirurgiyasi bo‘limi boshlig‘i, nevrolog Nodir Rozikulov va Revmatologiya bo‘limi bosh hamshirasi Lobar Ahmedovalarga Sog‘liqni saqlash vazirining tashakkurnomalari topshirildi.

Bayram munosabati bilan milliy taomimiz osh damlanib, xodimlarga ulashildi.

Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Milliy tibbiyot markazida Tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi