Ovqatlanish ratsionida sutning bo‘lmasligi muammolarga olib kelishi mumkin. Bu haqda aif.ru nashriga tibbiyot fanlari nomzodi, diyetolog, Rossiya federal oziqlanish va biotexnologiya ilmiy markazi katta ilmiy xodimi Natalya Denisova ma’lum qildi.
Sut mahsulotlaridan voz kechish oqsil va aminokislotalarning yetishmasligi, B vitaminlari, magniy, kaliy, fosfor va kalsiyning yetishmasligiga olib kelishi mumkin.
Ushbu elementlar suyaklarni mustahkamlaydi, asab tizimini qo‘llab-quvvatlaydi va qon bosimini pasaytiradi.
Bundan tashqari, sutdan voz kechganingizda kayfiyatingiz yomonlashadi va ishda samaradorlik pasayadi, chunki sut tabiiy endorfin bo‘lib, quvonch gormonlarini ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, tinchlantiradi va yaxshi uxlashga yordam beradi.
«Agar biz har kuni 2-3 porsiya sut mahsulotlarini iste’mol qilsak, oziq-ovqatimizda yetarli miqdorda kalsiy borligiga amin bo‘lishimiz mumkin», - deydi ekspert.
Sut va sut mahsulotlaridan voz kechishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda