07:00 / 21.12.2024
56

Bolalarda bo‘y o‘smasligiga qanday omillar sabab bo‘ladi?

Bolalarda bo‘y o‘smasligiga qanday omillar sabab bo‘ladi?
Laron sindromi — kam uchraydigan genetik kasallik. Bunda o‘sish gormoni retseptor-oqsilining tuzilishi buzilgan bo‘ladi. Oqibatda tana to‘qimalari gormonga javob bermay qo‘yadi va bolaning bo‘yi tengdoshlariga qaraganda ancha sekin o‘sadi.

SSV Matbuot xizmati bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda Laron sindromi bilan og‘rigan 500 nafardan ortiq odam yashaydi va ularning hammasi ham davolanmagan. Bemorlarning aksariyat qismi (100 nafardan ortiq kishi) Ekvador janubida ro‘yxatga olingan.

Odatda bola tug‘ilganida vazni va bo‘yi normal bo‘ladi, lekin juda tez o‘sishdan ortda qola boshlaydi. Alomatlar hayotining birinchi yilidayoq ko‘zga tashlanadi. Bo‘y o‘sishi sekinlashishidan tashqari, ko‘pincha motorika rivojlanishida ham kechikish yuzaga keladi. Aql-idrokida nuqson bo‘lmaydi.

Agar bemor davolanmasa, bu kasallik tufayli pakanaligi bo‘lgan erkaklarning bo‘y uzunligi taxminan 140 sm, ayollarniki esa 120 sm bo‘ladi.

Kasallikning boshqa alomatlari — semizlik, mushak zaifligi, gipoglikemiya, balog‘atga yetishning kechikishi, tishlar nosog‘lomligi, sochlar esa siyrak va mo‘rt bo‘lishidir.

Laron sindromi bo‘lgan odamlarning umr ko‘rish davomiyligi deyarli sog‘lom odamlarnikidan farq qilmaydi.

Bu kasallikka duchor bo‘lgan odamlarda ateroskleroz va yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortadi, ammo II tur diabet va o‘smalarning rivojlanish xavfi sezilarli darajada kam bo‘ladi.

Kasallik somatotropin va alohida qon tahlillari hamda genetik testlar yordamida tashxislanadi.

Davolashning yagona usuli — maxsus preparatni organizmga muntazam ravishda yuborish. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu bolaning o‘sish tezligi yiliga taxminan 8 sm bo‘lishini ta’minlaydi. Ammo, afsuski, bunday bemorlarni to‘liq davolay oladigan usul hali mavjud emas. Ammo olimlar gen terapiyasini ishlab chiqish ustida izlanishlar olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bolalarda bo‘y o‘smasligiga qanday omillar sabab bo‘ladi?