
Bolalar milliy tibbiyot markazida rossiyalik mutaxassislar ishtirokida ilk bor jigar transplantatsiyasi amalga oshirildi, deya xabar berdi Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Bolalar milliy tibbiyot markazida ilk bor 15 yoshli bemorda ana shunday amaliyot muvaffaqiyatli bajarildi.
Jigar transplantatsiyasi — oʻta noyob operatsiya. Ayniqsa, uni bolalarda oʻtkazish juda murakkab hisoblanadi.
“Ushbu yuqori texnologik amaliyot markaz jarroh va transplantologlari hamda Moskvadagi Akademik V.I.Shumakov nomidagi transplantatsiya va sun'iy organlar markazi etakchi mutaxassislari hamkorligida bajarildi”, — deyiladi xabarda.
Natijada surunkali jigar etishmovchiligi hamda autoimmun gepatit tashxisi qoʻyilgan 15 yoshli Umidjon Mirkamolov darddan forigʻ boʻldi. Unga otasi Kamoliddin Isroilov donorlik qildi, boshqacha aytganda, ota oʻz oʻgʻliga ikkinchi umr bagʻishladi.
Hozir bemorning ahvoli yaxshi. Shifokorlar nazorati ostida zarur tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar