22:21 / 30.03.2025
4 064

72 soatlik ochlik hayotingizni qutqaradi

72 soatlik ochlik hayotingizni qutqaradi
72 soatlik ochlik hayotingizni qutqaradi: ochlik o‘simtalar, yallig‘lanishlar va toksinlar (zaharlar)ni «yeb tugatadi».

Ko‘рchilik ovqatdan tiyilishni faqatgina ortiqcha vazndan qutulish uchun chora deb o‘ylaydi. Aslida esa ochlik — organizm ichida yuz beruvchi aql bovar qilmas mo‘jiza: shikastlangan oqsillar va hatto boshlang‘ich bosqichdagi saraton hujayralari qayta ishlana boshlanadi.

Bu esa organizmga chiqindi hujayralardan xalos bo‘lish va yallig‘lanish jarayonlarini pasaytirishda ko‘maklashadi.

AQSHda 2014 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, 72 soat davom etuvchi ochlik immun tizimini tiklab, hujayra chiqindilarini yo‘q qilishga xizmat qiladi.

72 soatlik ochlikka qanday tayyorlanish kerak:

1. Ochlik rejimiga o‘tishdan 3-4 kun avval 16:8 usulida (16 soat — ovqatlanmaslik, 8 soat — ovqatlanish mumkin bo‘lgan vaqt) organizmni chiniqtirib olish kerak bo‘ladi. Bu asta-sekinlik bilan organizmni «yog‘larni yoqish» holatiga olib keladi.

2. Uglevodlarni qisqartirib, foydali yog‘larni ko‘paytiring. Bu asosiy ochlikdan oldin organizmning ketoz (uglevod ochlik sababli organizm energiya olish uchun yog‘larni parchalash jarayoni) holatiga tezroq o‘tishida yordamlashadi.

3. 72 soatlik ochlik davrida faqat suv, qora qahva (shakar va boshqa qo‘shimchalarsiz), choy va elektrolitlar ichish mumkin.

Ochlikdan to‘g‘ri chiqish ham juda muhim:
  • Qaynatilgan suyak suvidan boshlang.
  • Bir soatdan so‘ng 1-2 ta tuxum oqini yoki avokado iste’mol qiling.
  • Yana bir soatdan so‘ng esa oqsil va yog‘li yengilroq tamaddi qiling.

Ochlik e’lon qilishdan avval albatta shifokor bilan maslahatlashing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik