
To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom hayot tarzining asl sir-asrori faqatgina kaloriyalarni hisoblash emas, balki ovqatni yaxshilab va shoshilmasdan chaynashdan boshlanadi. Agar siz muntazam ravishda ovqatni tez-tez va yaxshilab chaynamasdan iste’mol qilsangiz, bu vazn ortishi va organizmdagi turli muammolarning asta-sekin paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Keling, tez ovqatlanganda organizmimizda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini ko‘rib chiqamiz va bu holat bizning metabolizmimiz, tashqi ko‘rinish va umumiy sog‘lig‘imizga qanday ta’sir qilishi haqida gaplashamiz.
Nima uchun ovqatni shoshib yeyish kerak emas?
Organizm muhim mikroelementlarni o‘zlashtira olmay qoladi
Ovqatni yetarlicha chaynamasdan iste’mol qilish uning to‘liq hazm bo‘lmasligiga olib keladi. Yarim hazm bo‘lgan taom esa ichakda zarur bo‘lgan selen, yod, rux va mis kabi qimmatli minerallarning yaxshi so‘rilishini qiyinlashtiradi. Bunday minerallarning yetishmovchiligi qalqonsimon bezning faoliyatiga putur yetkazib, moddalar almashinuvini pasayishiga, shishlar paydo bo‘lishi va ortiqcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘ladi.
Oqsil va yog‘larning to‘liq hazm bo‘lmasligi
Agar siz go‘sht kabi oqsilga boy mahsulotlarni yetarlicha chaynamasdan iste’mol qilsangiz, ular organizm tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmay qoladi. Bu esa organizmning doimiy ravishda tez hazm bo‘luvchi uglevodlarga (masalan, shirinlik yoki non mahsulotlari) muhtoj bo‘lib qolishiga olib keladi va bu, o‘z navbatida, ortiqcha vazn yig‘ishga zamin yaratadi.
Oshqozonda og‘irlik va qorinda shish paydo bo‘ladi
Yetarlicha chaynalmagan ovqat oshqozonda og‘irlik hissini uyg‘otadi. Shu sababli, inson organizm uchun foydali bo‘lgan, biroq "og‘ir" taomlarni tanovul qilishdan voz kechib, o‘rniga yengil, lekin zararli bo‘lgan shirinlik va non mahsulotlariga moyil bo‘lib qoladi.
Miya to‘yganingizni kech his qiladi
Taomdan to‘yganlik haqidagi signal miyaga 7-10 daqiqa ichida yetib boradi. Agar ovqatni shoshilinch ravishda tanovul qilsangiz, siz ehtiyojingizdan ancha ko‘proq yeyib qo‘yishingiz mumkin.
Tavsiya: Ovqatlanish jarayonida kichik pauzalar qiling, bu sizga ortiqcha yeyishning oldini olishda yordam beradi.
Kechqurunlari zararli mahsulotlarga bo‘lgan ishtaha ortadi
Kun davomida ovqatni shoshib va yetarlicha miqdorda iste’mol qilmasangiz, organizm kechqurun "yetishmagan" energiyani qayta tiklashga harakat qiladi. Ko‘pincha buni zararli, yog‘li yoki shirin mahsulotlar bilan amalga oshiradi.
Tavsiya: Ongli ovqatlanish amaliyotini yo‘lga qo‘ying – atigi 15 daqiqa davomida sokin va shoshilmasdan ovqatlanish orqali ishtahangizni to‘liq nazorat qilish imkoniga ega bo‘lasiz.
Har bir luqmani 30–50 marta chaynash kerak
Diyetologlar va ongli ovqatlanish tarafdorlari quyidagi tavsiyalarni berishadi:
- Qattiq ovqatlarni (go‘sht, sabzavotlar, yong‘oqlar) – 30–50 marta chaynash;
- Yumshoq ovqatlarni (bo‘tqa, sho‘rva, meva) – 15–20 marta chaynash.
Yaponiyalik olimlarning 2014 yilda o‘tkazgan tadqiqotlariga ko‘ra, har bir luqmani 40 martadan ko‘p chaynagan insonlar oziq-ovqatni kamroq iste’mol qilgan va ularning organizmida ochlik gormoni – grelin darajasi sezilarli pasaygani qayd etilgan.
Noto‘g‘ri chaynashning sababi stomatologik muammolarda ham bo‘lishi mumkin
Ba’zida odamlar shunchaki ovqatni tez chaynashga o‘rganib qolgan bo‘ladi. Ammo, ba’zi hollarda bu muammo kundalik odatlarga emas, balki tishlarning notekis yopilishi (prikus)ga bog‘liq bo‘ladi. Agar tishlar noto‘g‘ri yopilsa, chaynash samarasiz bo‘ladi va bu organizmning hazm qilish tizimi hamda metabolizmga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Quyidagi holatlar sizda kuzatilsa, stomatologga murojaat qilishingiz lozim:
- Qattiq mahsulotlarni chaynash qiyin bo‘lsa;
- Faqat bir tomonda chaynash odati shakllangan bo‘lsa;
- Jag‘ so‘zlaydigan bo‘lib qolgan yoki og‘riq his qilinsa;
- Tishlar notekis bo‘lsa.
Har bir ovqatlanishni ongli ravishda, shoshmasdan va yaxshi kayfiyatda amalga oshiring. Bu nafaqat organizmingizning sog‘lom bo‘lishiga, balki tashqi ko‘rinishingiz va emotsional holatingizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. To‘g‘ri ovqatlaning va sog‘lom bo‘ling! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar