Jazirama kunlarda qon quyuqlashsa nima qilish kerak?

Salomatlik2 daqiqa o'qish45.8K
Jazirama kunlarda qon quyuqlashsa nima qilish kerak?
Yurtimizda yoz fasli boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Shunga qaramay, allaqachon mamlakatimizda jazirama kunlar boshlandi. Tabiiyki, bunday issiq havo surunkali kasalligi bor ayrim bemorlarga qiyinchilik tug‘diradi. Qolaversa, yuqori harorat ko‘pchilikda qon quyuqlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. SSV matbuot xizmati mazkur masalada vrach tavsiyalarini e’lon qildi.

Xo‘sh, bu salomatlik uchun qanchalik xavfli?

— Qon – inson tana a’zo va to‘qimalarini kislorod hamda zarur ozuqa moddalari bilan ta’minlovchi muhim suyuqlik, — deydi Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Orifjon Aripov. — U infeksiyalarga qarshi kurashib, ichki a’zolar faoliyatida ishtirok etadi.

Qon quyuqlashishi organizmdagi ana shu jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Oqibatda yashirin kasalliklar yuzaga chiqishi yoki yangilari paydo bo‘lishi mumkin.

Ayrim hollarda xastalik yoki tashqi omillar sabab qon tarkibi buziladi va uning keragidan ortiq quyuqlashib ketishi yoki, aksincha, suyuqlashishi kuzatiladi. Uning quyuqlashishi tomirlarda qon aylanishining buzilishi va trombozlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Bu, o‘z navbatida, insult va infarktga chalinish ehtimolini orttiradi. Uning suyuqlashishi esa qon ketishi, bemor tanasida ko‘karish va qon talashlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Ikki holatda ham tezda tibbiy ehtiyot choralarini ko‘rish zarur.

Qon quyuqlashishiga ko‘pincha qattiq asabiylashish, qandli diabet, shuningdek shirinliklar, kartoshka, banan, tuxum, gazli ichimliklar, fast-fud va turli qovurma taomlar sabab bo‘ladi.

Qolaversa, bu holat kam suyuqlik ichish, havo haroratining keskin ko‘tarilishi tufayli ham yuzaga keladi.

Jaziramada qon quyuqlashishi tananing suvsizlanishiga bog‘liq. Issiq havoda ter bilan organizmdagi suv bug‘lanib ketadi.

Bu – qonning quyuqlashishi, uning aylanma harakati qiyinlashishi va tromb hosil bo‘lish xavfini oshiradi.

Natijada insonda bosh og‘rig‘i, jizzakilik, tushkunlik, xotira pasayishi, holsizlik, uyquchanlik, qo‘l va oyoqlar sovqotishi, og‘iz qurishi kuzatiladi.

Yurak tez urishi, nafas qisishi, tananing turli qismlarida ko‘karishlar paydo bo‘lishi va tirnoq shakli o‘zgarishi mumkin. Hatto, miyaga qon yaxshi yetib bormasa, bosh aylanishi, hushdan ketish ehtimoli ham mavjud.

Bu salbiy holatlar esa tomirlarda qon aylanishining buzilishi va trombozlar hosil bo‘lganidan darak beradi. Oqibatda insult va infarkt xavfi ortadi.

Issiq havoda qon quyuqlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yetarli miqdorda suyuqlik ichish zarur. Eng yaxshisi, tabiiy toza suv hisoblanib, salqin va achchiq bo‘lmagan choy ham ichish mumkin. Biroq gazlangan ichimliklar aslo mumkin emas.

Qon holatini tekshirish uchun shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Agar tibbiy tekshiruvlardan so‘ng uning quyuqligi me’yordan ortiq ekani ma’lum bo‘lsa, zarur muolajalar tayinlanadi.

Biroq qonni suyultiruvchi dori vositalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilish mumkin emas. Sababi uning haddan ortiq suyuqlashishi jarohatlarda qonning to‘xtamay qolishiga olib kelishi mumkin.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?