
Yuqori qon bosimi (gipertoniya) — dunyoda eng ko‘p tarqalgan, shu bilan birga, eng yashirin holda kechadigan kasalliklardan biri hisoblanadi. Ko‘pchilik odamlar uning jiddiy belgilarini his qilmaydi va bu sababli uni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish mumkin bo‘lmay qoladi.
Shifokorlarning fikricha, qon bosimi 140/90 mm simob ustunidan yuqori ko‘tarilsa, bu allaqachon klassik gipertoniyaga kiradi. Biroq ko‘p hollarda hatto 130/80 mm va undan yuqori ko‘rsatkichlar ham organizm uchun jiddiy signal bo‘lishi mumkin.
Xo‘sh, bu xastalikning yashirin va ko‘pchilik bilmaydigan alomatlari qanday?
Quyidagilarga diqqat qiling:
- Oyoq-qo‘llarning shishi, ayniqsa ertalab turgandan keyin;
- Ko‘z ostining qorayishi va shishib qolishi;
- Haddan tashqari charchoq, tez toliqish, ruhiy tushkunlik holatlari;
- Terlashning ortishi, hatto haddan tashqari sovuq havoda ham;
- Quloqlarda doimiy shovqin, og‘irlik yoki bosim hissi.
Agar yuqoridagi belgilarning hech bo‘lmaganda bir nechtasini sezsangiz, qon bosimingizni muntazam nazorat qilib borishingiz zarur.
Qon bosimini qanday qilib to‘g‘ri o‘lchash mumkin?
Shifokorlar quyidagi tavsiyalarga rioya qilishni maslahat beradi:
- Qon bosimini o‘lchashdan avval xotirjam bo‘ling, stressdan saqlaning va qulay holatda o‘tiring.
- O‘lchash uchun doimiy ravishda bir xil qo‘lni tanlang, bu ko‘rsatkichlarning aniq va ishonchli chiqishiga yordam beradi.
- Agar sizda oldindan yuqori bosim bilan bog‘liq kasalliklar mavjud bo‘lsa yoki muntazam ravishda dori vositalarini qabul qilsangiz, kuniga ikki marta bir xil qo‘lda qon bosimini o‘lchash tavsiya etiladi.
Qon bosimi o‘ng yoki chap qo‘lda o‘lchanishi kerakmi?
Mutaxassislar bu masalada maxsus sinov o‘tkazishni tavsiya etadi. Avval har ikki qo‘lda 2 daqiqalik interval bilan qon bosimini o‘lchang va natijalarni taqqoslang. Keyinchalik, qaysi qo‘lda ko‘rsatkich yuqori bo‘lsa, muntazam ravishda shu qo‘lda o‘lchashni davom ettiring.
Biroq ikki qo‘l orasida sezilarli farq kuzatilsa (diastolik bosimda 5 mm simob ustuni va undan ko‘p, sistolik bosimda esa 10 mm va undan ko‘p), bu tomirlarda ateroskleroz yoki boshqa jiddiy kasalliklarning belgisi bo‘lishi mumkin. Shu sababdan, tezlik bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish va zarur tahlillarni topshirish tavsiya etiladi.
Zamin.uz tahririyati sog‘ligingizga jiddiy e’tibor berishingizni tavsiya qiladi. Axir, o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar katta muammolarning oldini oladi.
Yuqoridagi belgilar sizda uchraydimi? Unda kechikmasdan tibbiy ko‘rikdan o‘ting!
Qon BosimiGipertoniyaOyoq-Qo‘llarKo‘z OstidaJiddiy BelgilarStressdan SaqlanishTibbiy Ko‘rikO‘lchash TavsiyalariAteroskleroz Belgilari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar