
Bugungi kunda sog‘lom ovqatlanish tarafdorlari orasida kashyu quritilgan mevasi tobora ommalashib bormoqda. U nafaqat shirin ta’mi bilan, balki inson organizmiga foydali xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Ko‘plab parhezlar, sportchilarning ovqatlanish rejasi va hattoki shifokorlar tavsiyalarida ham kashyu o‘z o‘rniga ega.
Nima uchun aynan kashyu?
1. Yurak faoliyatiga do‘st:
Kashyu yurak salomatligini qo‘llab-quvvatlovchi eng yaxshi manbalardan biri. Undagi to‘yinmagan yog‘lar qon bosimini me’yorda ushlashga, “yomon” xolesterinni kamaytirishga yordam beradi.
2. Magniyga boy – stressga qarshi vosita:
Kashyu magniy minerali bilan boy. Bu modda asab tizimini tinchlantiradi, uyqu sifatini yaxshilaydi va mushaklarning bo‘shashishiga yordam beradi.
3. Immunitetga kuch bag‘ishlaydi:
Sink va temir moddasi organizmning infeksiyalarga qarshi kurashishini kuchaytiradi. Ayniqsa sovuq kunlarda bu foydali yongoq tabiiy qalqon bo‘la oladi.
4. Ko‘z nuri uchun tabiiy himoya:
Kashyu tarkibidagi zeaksantin va lutein ko‘z salomatligini asrashda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa ko‘p ekran qarshisida ishlovchilar uchun foydali.
5. Teri va sochlar uchun go‘zallik siri:
Kashyu E vitamini, omega yog‘lar va mis elementi bilan terining elastikligini saqlaydi, sochlarni mustahkamlaydi va silliq qiladi.
Qanday iste’mol qilish kerak?
Kashyu eng yaxshi foydani qovurilmagan, tuzsiz holda bergan bo‘lsa-da, me’yorni unutmaslik kerak. Kuniga 15–20 dona kashyu yetarli bo‘ladi. Uni gazak sifatida, salatlarga, ovqatlarga yoki shunchaki nonushtada iste’mol qilish mumkin.
Kashyu – bu oddiy yongoq emas, balki tabiat bergan energiya manbai. Uni doimiy va me’yorida iste’mol qilish orqali yurakdan tortib terigacha bo‘lgan ko‘plab tizimlarga foyda yetkazish mumkin. Shirin, mazali va eng muhimi – sog‘liq uchun foydali! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar