date
views 417

Qarishni ortga suradigan 3 mahsulot: yoshlik siri ochildi!

Qarishni ortga suradigan 3 mahsulot: yoshlik siri ochildi!
Yoshligimni saqlab qolsam deysizmi? Unda eng muhim vazifalardan biri bo‘lgan oshqozon-ichak tizimi salomatligi haqida g‘amxo‘rlik qilishingiz kerak. Chunki organizmning asosiy kuch-quvvati aynan oshqozon va ichaklarning sog‘lom ishlashiga bog‘liq. Hozir biz sizga tavsiya etayotgan uchta ajoyib mahsulotni kundalik ratsionga kiritish orqali, organizmining qarish jarayonini deyarli o‘n yilga ortga surish imkoniga egasiz.

Limonli suv: kunni serg‘ayrat boshlashning eng samarali usuli

Ertalab uyg‘onganingizda, och qoringa bir stakan limonli suv ichishni odat qilib oling. Bu oddiy ko‘rinadigan odat, organizmingiz uchun ajoyib transformatsiyalar uchun zamin yaratadi. Limon sharbati tarkibidagi C vitamini va foydali kislotalar ichaklarning peristaltika harakatini yaxshilab, metabolizmni jadallashtiradi va tana muhitini ishqoriylashtirib, tana shlaklarini chiqarib tashlashga yordam beradi. Qisqasi, limonli suv ichganingizdan so‘ng, organizmda tozalanish jarayoni boshlanadi va natijada moddalar almashinuvi tezlashadi, hatto mavjud bo‘lgan kasalliklar belgilarini ham yengillashtiradi.

Bundan tashqari, limonli suv terining yosh va tetik ko‘rinishini ta’minlaydi, ajinlar paydo bo‘lishini kechiktiradi va umumiy quvvatni oshiradi. Bu esa sizga uzoq yillar yosh va sog‘lom ko‘rinishga yordam beradi.

Nok, olma va banan – ichaklarning eng sevimli uchligi

Biz uchun oddiy va tanish bo‘lgan ushbu mevalarni bir vaqtda iste’mol qilish haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Agar buni hali qilmagan bo‘lsangiz, vaqti keldi! Nok, olma va banan kombinatsiyasi ichaklarning sog‘lom ishlashini ta’minlaydigan noyob triodir. Ularning tarkibida ichaklarning tozalanishiga yordam beruvchi, ich qotishiga qarshi kurashadigan va hatto saraton hujayralari o‘sishining oldini oladigan ko‘p miqdordagi eruvchan kletchatkalar mavjud.

Olma pektinlari organizmni toksinlardan xalos etadi, bananning tarkibidagi kaliy va magniy asab tizimini mustahkamlaydi va nokning antioksidantlari hujayralarni erkin radikallardan himoya qiladi. Bu uchlikni muntazam ravishda iste’mol qilish ichak salomatligini saqlash va yoshlikni uzoqroq saqlab qolishning ajoyib usulidir.

Selderey va yong‘oq yog‘i: ideal kombinatsiya

Salomatlik va go‘zal qomat haqida o‘ylaydiganlar uchun selderey va yong‘oq yog‘i ideal tanlov hisoblanadi. Selderey – ovqat hazm qilish tizimiga juda katta foydali ta’sir ko‘rsatuvchi sabzavot. U tarkibidagi kletchatkalar tufayli oshqozon-ichak tizimining harakatlanishini yaxshilab, ichaklarni samarali ravishda tozalaydi.

Yong‘oq yog‘i esa, o‘zining tarkibidagi yog‘ kislotalari bilan tanilgan bo‘lib, organizmdagi yomon xolesterinni pasaytirib, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Bu esa yurak xurujlari va insultlar rivojlanishining oldini oladi. Bunday kombinatsiyani har kuni iste’mol qilish nafaqat salomatligingizni yaxshilaydi, balki ortiqcha vaznni kamaytirishga va yosh ko‘rinishni saqlashga ham yordam beradi.

Hoziroq ushbu foydali mahsulotlarni ratsionga kiriting va sog‘liqni saqlash bilan birga yoshligingizni ham uzoqroq muddatga saqlang. Shuningdek, muntazam jismoniy mashqlar bajarishni va yaxshi kayfiyatni unutmang! Sog‘lom ichaklar – yoshlikning eng muhim kafolatidir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qarishni ortga suradigan 3 mahsulot: yoshlik siri ochildi!