date
views 165

Tinimsiz charchoq va uyquchanlik — qalqonsimon bezdan dalolatmi?

Tinimsiz charchoq va uyquchanlik — qalqonsimon bezdan dalolatmi?
Kundan-kunga ortib borayotgan charchoq, uyquchanlik va ruhiy tushkunlik — bu oddiy holatmi yoki jiddiy kasallikning belgisimi? Endokrinolog Kamila Tabeyeva bu savolga javob berib, qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlar haqida muhim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qalqonsimon bez faoliyatidagi izdan chiqishlar kundalik hayotdagi barqarorlikni buzishi, insonning ruhiy va jismoniy holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, ko‘pgina bemorlar charchoqni vaqtli yechimlarsiz qoldirib, uning ortida turgan sabablar haqida o‘ylab ham ko‘rishmaydi.

"Biz amaliyotda bemorlardagi umumiy zaiflik, uyquga moyillik, xotirada muammolar, tanada shishlar, ruhiy tushkunlik va ruhiy nesteranglik kabi alomatlarga juda ko‘p duch kelamiz. Afsuski, bu kabi holatlar ko‘pincha kundalik stress, yomon ovqatlanish yoki yomon uyqu bilan bog‘lanadi. Holbuki, bu qalqonsimon bez kasalliklarining ko‘zga ko‘rinmas, lekin jiddiy belgilaridan biri bo‘lishi mumkin", — deydi shifokor.

Qalqonsimon bez faoliyati pasayganda (gipotireoz), organizmda energiya yetishmasligi va tetiklikning yo‘qolishi kuzatiladi. Ba’zan bemorlar uyqudan keyin ham charchoqdan xalos bo‘lolmay, hatto oddiy kunlik vazifalarni bajarishga ham quvvat topolmasliklarini ta’kidlashadi. Bu holatni ko‘pincha oddiy charchoq bilan adashtiriladi, ammo uning ortida gormonal muvozanatsizlik yotishi mumkin.

Aks holatda — tireotoksikoz, ya’ni qalqonsimon bez gormonlarining ortiqcha ishlab chiqarilishida ham shunga o‘xshash holatlar kuzatilishi mumkin. Lekin bu holda qo‘shimcha belgilar — yurak urishining tezlashishi, terlashning ortishi, qo‘llar titrashi va tez vazn yo‘qotish ham yuzaga keladi.

Mutaxassis ta’kidlashicha, qalqonsimon bez muammolaridan kelib chiqadigan charchoqning o‘zgacha xususiyati bor: u shunchalik kuchliki, bemorlar ba’zan boshlarini yostiqdan ko‘tara olmasliklarini aytishadi. Ular qancha uxlashmasin, tetiklashmaydi. Tanada doimiy og‘irlik hissi, ruhiy bezovtalik, hatto tez-tez yig‘lash holatlari paydo bo‘ladi.

Shuning uchun, agar siz avval tetik va faol bo‘lib, endigina jismoniy va ruhiy holatingizda keskin o‘zgarishni sezgan bo‘lsangiz — bu holatni e’tiborsiz qoldirmang. Ehtimol, sizga endokrinolog ko‘rigi va to‘liq tahlillar zarurdir.

Qalqonsimon bez salomatligini nazorat qilish — umumiy hayot sifati va ruhiy barqarorlikni saqlashning muhim garovidir. Shuning uchun organizmingiz yuborgan har qanday “signal”ni inkor etmang — vaqtli tekshiruv sizga qaytadan hayot zavqini qaytarishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tinimsiz charchoq va uyquchanlik — qalqonsimon bezdan dalolatmi?