
Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan voqea har qanday ota-onani hushyorlikka chorlaydigan holat bo‘ldi. Qorako‘l tumanida 2 yoshli bola nazardan chetda qolib, tasodifan 1 rubllik ikkita tangani yutib yuborgan.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabariga ko‘ra, tangalar bolaning qizilo‘ngach qismida tiqilib qolgan va nafas olishga salbiy ta’sir ko‘rsata boshlagan. Vaziyat juda jiddiy baholangan va bolaga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Tibbiyot xodimlari bolaga shoshilinch ravishda murakkab, biroq kam invaziv (ya’ni kesishsiz amalga oshiriladigan) operatsiya o‘tkazishdi. Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanib, begona jismlar bolaning organizmiga zarar yetkazmasdan chiqarib olindi.
Hozirgi vaqtda bola shifoxonada, shifokorlar nazoratida. Uning ahvoli barqaror, xavotirga asos yo‘q.
Shifokorlar bu kabi holatlar bolalarga qarashda e’tiborsizlik oqibatida sodir bo‘lishini ta’kidlab, har bir ota-onani farzandlari bilan doimiy nazoratda bo‘lishga chaqirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kichik yoshdagi bolalar atrofdagi har qanday narsani og‘ziga olish orqali tahlikali vaziyatlarga duch kelishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar