
Oshqozon saratonining og‘ir va tez tarqaluvchi shakllarini davolashda yangi biotexnologik yondashuv muvaffaqiyatli samara berdi. Xitoyda o‘tkazilgan klinik sinovlar natijalariga ko‘ra, CAR-T texnologiyasi asosida yaratilgan satri-cel preparati bemorlar umrini o‘rtacha 40 foizga uzaytirishga yordam berdi.
CAR-T — bu bemorning o‘z immun hujayralari qayta dasturlanib, saraton hujayralarini yo‘q qilish qobiliyatiga ega qilinadigan usul bo‘lib, bu gal oshqozon va oshqozon-qizilo‘ngach saratoni bilan og‘rigan 156 bemorda sinovdan o‘tkazildi. Ular avval ikki marta muvaffaqiyatsiz davo kursidan o‘tganlar.
Tadqiqot natijalari «The Lancet» jurnalida e’lon qilindi. Ta’kidlanishicha, satri-cel qabul qilgan bemorlar o‘rtacha 7,9 oy umr ko‘rishgan, bu esa an’anaviy terapiya guruhidagi 5,5 oyga nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkich. Shuningdek, katta farq shundaki, yangi dori vositasi bilan 22 foiz bemorda o‘smalar sezilarli darajada kichraygan (an’anaviy usulda 4 foiz).
Satri-cel'ning ta’siri CLDN18.2 deb nomlangan oqsilni bloklash orqali amalga oshadi. Bu oqsil o‘smaning o‘sishida ishtirok etadi. Preparat immun tizimini qayta faollashtirib, organizmning saratonga qarshi kurash qobiliyatini tiklaydi.
Har qancha samarali bo‘lmasin, terapiya mukammal emas. Deyarli barcha bemorlarda qon hujayralari soni kamayishi kabi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgan. Biroq mutaxassislar bu holatlar nazorat ostida saqlanishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.
Olimlar bu davo saratonning «ikkinchi nafasi»ga qarshi muhim qadam ekanini, to‘liq shifo emas, biroq bemorlarga umr va sifatli hayot bag‘ishlovchi yutuq ekanini ta’kidlamoqda.
Zamin.uz mazkur ilmiy yutuqlarni kuzatishda davom etadi va saratonga qarshi global kurashdagi eng muhim yangiliklar bilan o‘z o‘quvchilarini doimiy xabardor qilib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar