
O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik nafaqat siyosiy va iqtisodiy sohalarda, balki sog‘liqni saqlash yo‘nalishida ham mustahkamlanib bormoqda. Joriy yilning navbatdagi insonparvarlik yordami sifatida, Misr hukumati tomonidan ajratilgan “Sofosbuvir-400 mg” dori vositalarining to‘rtinchi partiyasi Toshkentga olib kelindi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur partiya 32 qutidan iborat bo‘lib, jami 7680 dona dori vositasini o‘z ichiga oladi. Tibbiy yordam Uzbekistan Airways aviakompaniyasi orqali Sharm-al-Shayxdan Toshkentga yetkazilgan.
Bu partiya O‘zbekistonda gepatit S virusini 2030 yilga qadar bartaraf etishga qaratilgan milliy dastur doirasida amalga oshirilmoqda. Kirib kelgan dori vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan shifoga muhtoj bemorlarga bepul tarzda tarqatiladi.
O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi xabariga ko‘ra, 2023–2024 yillar mobaynida Qohira hukumati umumiy og‘irligi 12,4 tonna bo‘lgan «Sofosbuvir» va «Daklatasvir» dori vositalaridan iborat 27 partiyani yurtimizga taqdim etgan. Ushbu yordamlarning umumiy qiymati 1,4 million AQSH dollariga teng ekani qayd etilmoqda.
Mamlakatimizda gepatit S ga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etib, bunday tashabbuslar orqali minglab bemorlarga umid eshigi ochilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar