date

Olimlar 1-toifa diabetni mag‘lub etishda ulkan yutuqqa erishishdi

Olimlar 1-toifa diabetni mag‘lub etishda ulkan yutuqqa erishishdi
Tibbiyot olamida sensatsiyaga aylangan xabar – olimlar 1-toifa qandli diabetni davolash usulini yaratishdi. Ushbu innovatsion usul orqali kasallikning og‘ir shakliga chalingan 12 nafar bemordan 10 nafari sog‘aygan. Bu tarixiy natijaga Zimislecel deb nomlangan yangi preparat yordamida erishildi.

Faqat bir in’eksiya – hayot butunlay o‘zgarishi mumkin
Zimislecel muolajasi juda sodda: bemorga faqat bitta ukol qilinadi. Ushbu in’eksiya orqali organizmga maxsus hujayralar yuboriladi. Bu hujayralar tanani tahlil qilib, kerakli miqdorda o‘z-o‘zidan insulin ishlab chiqarishni boshlaydi. Eng muhimi – endi bemorlar kundalik insulin ukoliga muhtoj bo‘lmaydi!

Ushbu usul xavfsiz va samarali, deydi mutaxassislar
Klinik sinovlar natijalariga ko‘ra, Zimislecel nafaqat samarali, balki xavfsiz ekani ham isbotlangan. In’eksiya qilingan hujayralar organizmda hech qanday rad etilish yoki noxush ta’sirlarsiz faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu esa uni keng omma uchun ham qo‘llash imkonini yaratadi.

Butun dunyo bo‘ylab millionlab bemorlarga umid
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu tabiiy yo‘l bilan insulin ishlab chiqarish texnologiyasi yaqin yillarda barcha uchun ommaviy ravishda taqdim etilishi mumkin. Agar bu amaliyot dunyo miqyosida qo‘llanila boshlasa, 1-toifa diabet bilan yashab kelayotgan millionlab insonlar uchun hayot sifatini tubdan o‘zgartiradi.

Bu yutuq nafaqat tibbiyot sohasidagi ilmiy taraqqiyot, balki umidsizlikda yashab kelayotgan bemorlar uchun ham yangi hayot eshigini ochadi. Shubhasiz, bu inson salohiyati va fan qudratining yorqin namunasidir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar 1-toifa diabetni mag‘lub etishda ulkan yutuqqa erishishdi
-->