date

Xususiy klinikalarga transplantatsiyaga ruxsat berilishi mumkin

Xususiy klinikalarga transplantatsiyaga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida xususiy tibbiyot muassasalariga organ ko‘chirish amaliyotini amalga oshirish huquqi berilishi mumkin. Bu haqda kecha Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot chog‘ida ma’lum qilindi.

Central Asian Medical University rektori Nurillo Mamasadikovga ko‘ra, agar xususiy klinikalar Sog‘liqni saqlash vazirligi talab va standartlariga javob bersa, ularga transplantatsiya ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish kerak. U bunday tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari esa bu masala bo‘yicha hozirda prezident qarori loyihasi tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, hujjat yaqin 2–3 hafta ichida tasdiqlanishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Jaloliddin Asamutdinovning ta’kidlashicha, dastlabki bosqichda ko‘z a’zolarini ko‘chirish — ya’ni transplantatsiya qilishga ruxsat berilishi rejalashtirilmoqda.

Mutaxassislar ushbu qadam tibbiyot sohasida muhim o‘zgarishlarga yo‘l ochishini va bemorlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratilishini ta’kidlamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Xususiy klinikalarga transplantatsiyaga ruxsat berilishi mumkin