date

Olimlar OIVga qarshi kuchli vaksina yaratishga erishdi

Olimlar OIVga qarshi kuchli vaksina yaratishga erishdi

Qarib yarim asrlik izlanishlardan so‘ng dunyo ilm-fani tarixiy yutuqqa erishdi: olimlar OIV virusiga qarshi samarali va deyarli to‘liq himoyani ta’minlovchi vaksina yaratishdi. Bu haqda xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotlari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vaksina uzoq yillik tadqiqotlar natijasida sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va turli mamlakatlarda qo‘llanishi uchun zarur litsenziya va shartnomalar tayyorlangan. Ushbu kelishuvlar tufayli vaksina ko‘plab davlatlarda litsenziya to‘lovlarisiz tarqatiladi.

Yangi vaksina 3 yil davomida OIV yuqish xavfi yuqori bo‘lgan 120 mamlakatga, jumladan Afrika va Lotin Amerikasidagi davlatlarga 2 million dozagacha yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Bu insoniyatning VICH infeksiyasiga qarshi kurashida yangi davrni boshlab berishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar OIVga qarshi kuchli vaksina yaratishga erishdi