Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) so‘nggi kunlarda Afrika va Osiyoning ba’zi mintaqalarida tarqalayotgan yangi turdagi virus haqida ogohlantirdi. "BAHX-25" nomi bilan qayd etilgan ushbu virus yuqori harorat, bosh og‘rig‘i, nafas qisishi va terida toshmalar bilan namoyon bo‘lmoqda.
Tashkilotning ma’lum qilishicha, ushbu virusni yuqtirgan birinchi bemorlar Keniya va Indoneziyada aniqlangan. Ayni paytda kamida 5 ta davlatda o‘nlab holatlar qayd etilgan.
Mutasaddilar virusning odamdan odamga havo orqali yuqishini rad etmayapti va aholini ehtiyot choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda. Ayniqsa, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, og‘riq belgilari kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar