date

Suvsizlanish alomatlari va uni oldini olish yo‘llari

Suvsizlanish alomatlari va uni oldini olish yo‘llari

Suv inson hayoti uchun eng zarur manbalardan biri hisoblanadi. Tananing taxminan 60 foizidan ortig‘i suvdan tashkil topgan va bu suyuqlik barcha ichki a’zolarning to‘g‘ri ishlashida muhim rol o‘ynaydi. Ammo ko‘pchilik har kuni yetarlicha toza suv ichmagan holda, o‘z salomatligiga jiddiy tahdid solayotganini bilmaydi.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, kattalar har kuni kamida 1,5 – 2 litr toza ichimlik suvi iste’mol qilishi zarur. Suv tanqisligi holsizlik, bosh og‘rig‘i, teri qurishi, hazm jarayoni buzilishi va buyrak faoliyatining sekinlashishiga sabab bo‘ladi.

Suvsizlanishning ilk belgilari:

  • og‘izning qurishi
  • charchoq va energiyaning pasayishi
  • siydik rangi to‘q sariq bo‘lishi
  • bosh og‘rishi va diqqatni jamlashda qiyinchilik

Suv yetishmasligi yurak-qon tomir tizimiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa yoz faslida, jismoniy faollik yuqori bo‘lgan paytlarda, tanadan ko‘proq suyuqlik chiqib ketadi. Shu sababdan har kuni belgilangan miqdorda toza ichimlik suvi ichish sog‘liq uchun nihoyatda foydalidir.

Tavsiya: gazli, shakarli va energetik ichimliklar suvning o‘rnini bosolmaydi. Tanani sog‘lom ushlashda asosiy manba – bu oddiy toza suvdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Suvsizlanish alomatlari va uni oldini olish yo‘llari