Sentyabr oyidan boshlab Rossiyada aholi zamonaviy dori-darmonlardan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu mamlakatda davlat dori xaridlarida joriy etilayotgan yangi qoida – «ikkinchi ortiqcha» tamoyili tufayli yuz berishi kutilmoqda. Bu haqda Pravilamag nashri xabar berdi.
Yangi qoidaga muvofiq, agar davlat tenderlarida to‘liq Rossiyada ishlab chiqarilgan dori vositalari qatnashsa, boshqa, xususan, chet elda ishlab chiqarilgan yoki faqat qisman Rossiyada tayyorlangan preparatlar tenderdan chetlashtiriladi. Bu esa fuqarolarni ayrim muhim, hatto hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalariga bo‘lgan kirish imkoniyatidan mahrum etishi mumkin.
Yangi cheklov qon komponentlari, psixotrop va narkotik preparatlar, shuningdek, onkologiyaga qarshi ayrim dorilarni o‘z ichiga olgan 215 nomdagi dori vositalarini qamrab oladi. Bu ro‘yxatda ЖНВЛП – (Жизний Необходимые и Важнейшие Лекарственные Препараты) ro‘yxatidagi vositalar ham mavjud.
Всероссийский союз пациентов (Rossiya Patsiyentlar uyushmasi) va boshqa soha mutaxassislari bu qaror sun’iy monopoliyaga olib kelishi, tanlovni cheklashi va natijada ayrim muhim dorilar narxi oshib ketishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Ularning ta’kidlashicha, mahalliy ishlab chiqaruvchilar texnik jihatdan ba’zi zamonaviy preparatlarni to‘liq analog sifatida taklif qila olmaydi. Shu sababli, bemorlar yuqori sifatli xalqaro standartlarga javob beradigan davolash imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!