
Avstraliyada uch kishini zaharli qo‘ziqorin qo‘shilgan Wellington taomi bilan o‘ldirishda aybdor deb topilgan Erin Patterson ishida sobiq turmush o‘rtog‘iga qarshi ilgari yashirilgan ayblovlar ilk bor oshkor qilindi. Sud eshituvida aytilishicha, Patterson yillar davomida erini turli taomlar orqali zaharlashga urinib kelgan, hatto qizi pishirgandek ko‘rsatgan shokolad pechenelarini ham unga bergan.
50 yoshli Patterson o‘tgan oy uch qarindoshini o‘ldirish va yana birini o‘ldirishga urinishda aybdor deb topilgan. Unga qarshi sobiq eri Saymon Pattersonga oid uchta “qotillikka urinish” ayblovi sud jarayoni boshlanishidan oldin olib tashlangan edi. Shu bois, ushbu da’volar sud jarayonida oshkor qilinmagan va endigina ommaga ma’lum qilinmoqda.
Saymon Patterson sudda guvohlik berib, sobiq rafiqasi uni zaharlashga uringani sababli bir necha bor kasalxonaga tushganini, hatto bir marta komada qolib, oilasiga ikki marotaba “xayrlashish”ga tayyor bo‘lishlarini aytishganini ma’lum qildi. U o‘z shubhalarini otasi Don Patterson va shifokor bilan bo‘lishgan, biroq o‘sha paytda faqat o‘zi nishonga olingan deb o‘ylaganini bildirdi.
Erin Patterson hozirda qamoqda bo‘lib, hukm chiqarilishi kutilmoqda. Ushbu ish Avstraliya bo‘ylab keng jamoatchilik e’tiborini tortib, mamlakatdagi eng shov-shuvli jinoyat voqealaridan biriga aylandi. Sud jarayoni davomida ochiqlangan yangi tafsilotlar esa bu ishning dahshatini yanada chuqurlashtirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar