
Edinburg universiteti olimlari mushuklarda xotira yo‘qolishi va chalkashlik insonlardagi Altsgeymer kasalligiga juda o‘xshash ekanini aniqladi. Ular bu kashfiyot kelajakda yangi davolash usullarini topishga yordam berishi mumkinligini aytmoqda.
Tadqiqotda xotira buzilishi belgilar — chalkashlik, uyqu buzilishi va ovoz chiqarish ortishi — kuzatilgan 25 mushukning miyasi o‘rganildi. Natijada miya hujayralarida amiloid-beta deb ataladigan zararli oqsil to‘plangani aniqlandi. Bu modda Altsgeymer kasalligida ham uchraydi.
Shuningdek, mushuklarda miya hujayralari orasidagi aloqa yo‘qolishi va miya to‘qimasi qisqarishi kuzatildi. Olimlarning fikricha, bu xotira va fikrlash qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
Mutaxassislar mushuklar tabiiy ravishda bu kasallikka chalinishi sababli, ularni inson kasalligini o‘rganishda aniqroq model sifatida ishlatish mumkinligini ta’kidladi.
Tadqiqot European Journal of Neuroscience jurnalida chop etilgan bo‘lib, olimlar bu kashfiyot nafaqat odamlar, balki mushuklarning ham hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilishini aytmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar